Microsoft Word sahih muslim1 ziyouz com doc


-bob Bu ummat jannat ahlining yarmini tashkil etishi haqida


Download 493.56 Kb.
Pdf ko'rish
bet105/150
Sana08.11.2023
Hajmi493.56 Kb.
#1756699
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   150
Bog'liq
Imom Muslim. Sahihi Muslim. 1-kitob

95-bob Bu ummat jannat ahlining yarmini tashkil etishi haqida 
413/1. Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam: «Jannat ahlining to‘rtdan bir qismini tashkil etishingizdan rozi emasmisizlar?» 
degan edilar, biz: «Allohu akbar», deb takbir aytdik. Keyin yana: «Jannat ahlining 
uchdan bir qismini tashkil etishingizdan rozi emasmisizlar?» degan edilar, biz yana: 
«Allohu akbar», deb takbir aytdik. So‘ngra Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Men 
sizlarning jannat ahlining yarmini tashkil etishingizga umid qilaman. Va bu haqda tez 


Sahihi Muslim (birinchi kitob). Imom Muslim 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
101
kunlarda xabar beraman. Musulmonlar kofirlar ichida xuddi qora moldagi oq tukka yoki 
oq moldagi qora tukka o‘xshab turishadi», dedilar». 
414/2. Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Biz chamasi qirq kishi Rasululloh 
sollallohu alayhi vasallam bilan birga chodirda o‘tirgan edik, u zot: «Jannat ahlining 
to‘rtdan biri bo‘lishga rozimisizlar?» degan edilar, biz: «Ha», dedik. U zot: «Jannat 
ahlining uchdan biri bo‘lishga rozimisizlar?» degandilar, biz: «Ha», dedik. Shunda u zot: 
«Men sizlarning jannat ahlining yarmi bo‘lishingizga umid qilaman. Albatta jannatga 
faqatgina musulmon jongina kiradi. Sizlar shirk ahlining orasida xuddi qora mol 
terisidagi oq tukka yoki qizil rangli moldagi qora tukka o‘xshaysizlar», deb aytdilar». 
415/3. Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam qora chodirga suyanib turib bizga quyidagicha xutba aytdilar: «Jannatga faqat 
musulmon jon kiradi. Allohim, yetkazdimmi? Allohim, yetkazdimmi? O’zing guvoh bo‘l. 
Sizlar jannat ahlining to‘rtdan bir qismi bo‘lishni yaxshi ko‘rasizlarmi?» degan edilar, biz: 
«Ha, ey Allohning rasuli!» dedik. U zot: «Jannat ahlining uchdan biri bo‘lishni yaxshi 
ko‘rasizlarmi?» degan edilar, biz: «Ha, ey Allohning rasuli!» dedik. Shunda Rasululloh 
sollallohu alayhi vasallam: «Men sizlarning jannat ahlining yarmi bo‘lishingizga umid 
qilaman. Sizlar boshqa ummatlar ichida xuddi oq moldagi qora tukka yoki qora moldagi 
oq tukka o‘xshaysizlar», deb aytdilar». 

Download 493.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling