www.ziyouz.com kutubxonasi
107
Bu yerda yuqoridagi hadis uch marta takror kelgan.
443/2. Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Biz Rasululloh sollallohu
alayhi vasallam bilan birga Makkadan Madinaga qaytayotib, yo‘ldagi suv ustida
to‘xtasak, qavmdagilar asr vaqtiga shoshib, tahoratni ham shoshqaloqlik bilan
bajarishdi. Biz borsak, ularning tovonlariga suv tegmagani ko‘rinib qoldi. Shunda
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Oyog‘iga suv tegmagan joylarga do‘zaxdagi eng
kuchli olov bo‘lsin. Tahoratingizni mukammal qilinglar», deb aytdilar».
Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan, lekin «Tahoratingizni mukammal qilinglar»
so‘zi aytilmagan.
444/3. Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Biz safarga
chiqqanimizda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bizdan ortda qoldilar. Biz, qachonki,
u zotni topganimizda asr vaqti kirib qolgan edi. Biz (tahorat qilayotib) oyoqlarimizga
mash tortganimizda, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Tovoniga suv tegmaganlar
uchun do‘zaxdagi eng kuchli olov bo‘lsin», deb nido qildilar».
445/4. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam tovonini yuvmagan kishini ko‘rib: «Tovoniga (suv yetkazmaganlar) uchun
do‘zaxdagi eng kuchli olov bo‘lsin», dedilar.
446/5. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu zot suv idishda tahorat
qilayotgan qavmni ko‘rib: «Tahoratni mukammal qilinglar, chunki men Abulqosim, ya’ni
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: «Tovon tepasiga (suv yetkazmaganlar uchun)
do‘zaxdagi eng kuchli olov bo‘lsin», deb aytganlarini eshitganman», dedilar.
447/6. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam: «Tovoniga (suv yetkazmaganlar uchun) do‘zaxdagi eng kuchli olov bo‘lsin»,
dedilar.
10-bob Tahorat kilayotganda tahorat o‘rinlari bo‘lgan barcha a’zolarga suv
Do'stlaringiz bilan baham: |