Microsoft Word sahih muslim1 ziyouz com doc


etkazish shartligi haqida


Download 493.56 Kb.
Pdf ko'rish
bet114/150
Sana08.11.2023
Hajmi493.56 Kb.
#1756699
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   150
Bog'liq
Imom Muslim. Sahihi Muslim. 1-kitob

etkazish shartligi haqida 
448/1. Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Umar ibn Xattob menga xabar 
berishlaricha, bir kishi tahorat olib, oyog‘idagi tirnoq o‘rnini yuvmasdan tark qildi. 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Qaytib tahoratingni chiroylilab qilgin», dedilar. U 
kishi qaytib ( tahoratini qaytadan oldi-da), so‘ngra namoz o‘qidi». 
11-bob Tahorat suvi bilan birga xatolarning chiqib ketishi haqida 
449/1. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam: «Agar musulmon yoki mo‘min banda tahorat qilib yuzini yuvsa, ko‘zi bilan 
qarab sodir etgan barcha xatolari suv bilan yoki oxirgi qatra suv bilan chiqib ketadi. Agar 
ikki qo‘lini yuvsa, qo‘li bilan sodir etgan barcha xatolari suv bilan yoki oxirgi qatra suv 
bilan chiqib ketadi. Agar ikki oyog‘ini yuvsa, oyog‘i bilan sodir etgan barcha xatolari suv 


Sahihi Muslim (birinchi kitob). Imom Muslim 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
108
bilan yoki oxirgi qatra suv bilan birga chiqib ketadi, hattoki gunohlardan pok holda chiqib 
ketadi», dedilar. 
450/2. Usmon ibn Affon roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam: «Kim tahorat qilib, uni chiroyli suratda ado etsa, jasadidan xatolari chiqib 
ketadi, hattoki tirnoqlari ostidan ham chiqib ketadi», dedilar. 
12-bob Tahorat sababli hosil bo‘ladigan peshona, oyoq va qo‘ldagi oq qashqani 
uzaytirish, ya’ni tahorat qilayotganda a’zolarni yuqori qismigacha yuvish 
mahbubligi haqida 
451/1. Nu’aym ibn Abdulloh al-Mujmir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Men Abu 
Hurayra roziyallohu anhuning tahorat olib, yuzlarini yuvib, tahoratni mukammal qilib, 
so‘ngra o‘ng qo‘llarini yuvib, hatto yelkadan bilakkacha bo‘lgan qismini yuvishga 
kirishganlarini ko‘rdim. So‘ngra chap qo‘llarini yuvib, hatto yelkadan bilakkacha bo‘lgan 
qismini yuvishga kirishib, so‘ngra boshlariga mash tortib, keyin o‘ng oyoqlarin yuvib
hatto boldirni ham yuvdilar. Keyin chap oyoqlarini yuvib, hattoki boldirni ham 
yuvganlarini ko‘rdim. So‘ngra Abu Hurayra roziyallohu anhu: «Men Rasululloh sollallohu 
alayhi vasallamning mana shunday tahorat qilganlarini ko‘rdim», dedilar. Rasululloh 
sollallohu alayhi vasallam: «Sizlar tahoratni mukammal qilganingiz uchun qiyomat kuni 
peshonasi, oyoq va qo‘li oq qashqa bo‘luvchisizlar. Sizlardan qaysi biringiz peshonasidagi 
va oyoq hamda qo‘lidagi qashqani uzun qilishga qodir bo‘lsa, uzaytiraversin, ya’ni 
a’zolarini teparoq qismigacha yuvib, oq qashqasini uzaytiraversin», dedilar». 
452/2. Nu’aym ibn Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu zot: «Abu 
Hurayraning tahorat qilib, yuzlari va qo‘llarini yuvib, hatto yelkalarigacha suv 
yetkazganlarini, so‘ngra ikki oyoqlarini yuvib, hatto boldirlarigacha suv yetkazganlarini 
ko‘rdim. So‘ngra Abu Hurayra roziyallohu anhu: «Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallamning «Albatta, ummatlarim tahorati izi sababli qiyomat kuni peshonasi, oyoq-
qo‘llaridagi oq qashqa bilan kelishadi. Sizlardan qaysi biringiz o‘sha qashqasini 
uzaytirishga qodir bo‘lsa, bajaraversin, ya’ni a’zolarini tepa qismigacha yuvib qashqasini 
uzaytiraversin», deb aytganlarini eshitganman», dedilar», deb aytdilar. 
453/3. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam: «Albatta havzim Ayla shahri bilan Adan shahri oralig‘idagi masofadan ham 
uzoqroqdir. U havz qordan oq, asal, sutdan mazalidir. Idishlari yulduz adadidan ham 
ko‘proqdir. Men odamlarni o‘sha havzga tushishdan xuddi kishi odamlarning tuyasini suv 
havzasiga tushishidan to‘sgani kabi to‘saman», deganlarida, sahobalar: «Ey Allohning 
rasuli! Usha kuni bizni taniysizmi?» deyishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ha, 
taniyman. Usha kuni sizlarda bir siymo bo‘ladi, u siymo boshqa ummatlardan birortasida 
bo‘lmaydi. Sizlar mening havzimga tahorat izlari sababli paydo bo‘lgan oq qashqalaringiz 
bilan tushasizlar», dedilar. 
454/4. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam: «Ummatlarim mening havzimga tushganlarida boshqa odamlarning xuddi bir 
kishi boshqa kishilarning tuyasini (suv ichishdan) to‘sib haydagani kabi men ham 
haydayman», deganlarida, sahobalar: «Ey Allohning nabiysi! Bizni taniysizmi?» deyishdi. 


Sahihi Muslim (birinchi kitob). Imom Muslim 

Download 493.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling