Microsoft Word sahih muslim1 ziyouz com doc
-bob Tahorat suvi yetgan joygacha ziynatning yetishi haqida
Download 493.56 Kb. Pdf ko'rish
|
Imom Muslim. Sahihi Muslim. 1-kitob
- Bu sahifa navigatsiya:
- 15-bob Misvok haqida
13-bob Tahorat suvi yetgan joygacha ziynatning yetishi haqida
457/1. Abu Hozim roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Abu Hurayra roziyallohu anhu namoz o‘qish uchun tahorat olayotganlarida men orqalarida edim. U zot qo‘llarini cho‘zgandilar, hatto qo‘ltiqlarigacha yetib bordi. Men: «Ey Abu Hurayra! Bu qanaqa tahorat?» degan edim, Abu Hurayra roziyallohu anhu: «Ey Farruh bolalari! Sizlar bu yerda ekansizlar-da, agar bu yerda ekanligingizni bilganimda bu kabi tahorat qilmas edim. Men do‘stim Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: «Tahorat suvi yetgan joygacha mo‘minning ziynati yetadi», deganlarini eshitganman», dedilar». 14-bob Qiyinchilikda tahoratni mukammal tarzda ado etishning fazilati haqida Sahihi Muslim (birinchi kitob). Imom Muslim www.ziyouz.com kutubxonasi 110 458/1. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh xatolarni o‘chirib, darajalarni ko‘taradigan narsaga ko‘rsatma beraymi?» deganlarida, sahobalar: «Ha, ko‘rsatma bering», deyishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Qiyinchilik paytida tahoratni mukammal tarzda ado etish, masjidga qadamini ko‘paytirish va namozdan keyin namozni (vaqti kirishini) kutishdir. Mana shu marg‘ub bo‘lingan narsa», dedilar. Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan. Lekin «marg‘ub bo‘lingan narsa» so‘zi zikr qilinmagan. Molikning rivoyatlarida ana shu so‘z ikki marta zikr qilingan. 15-bob Misvok haqida 459/1. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar mo‘minlarga (Zuhayrning rivoyatlarida «ummatimga» bo‘lib kelgan) mashaqqat bo‘lmaganida, ularga har bir namoz oldidan misvok ishlatishni buyurar edim», dedilar. 460/2. Miqdom ibn Shurayh otalaridan rivoyat qilinadi. «Oisha roziyallohu anhodan «Agar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uylariga kirganlarida qaysi narsadan (harakatni) boshlardilar?» deb so‘rasam, Oisha roziyallohu anho: «Misvokdan boshlar edilar», dedilar». 461/3. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Agar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uyga kirsalar, (ishni) misvokdan boshlardilar. 462/4. Abu Muso roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kirsam, misvokning bir tomoni tillarida ekan». 463/5. Huzayfa roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu zot: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam agar tajahhud namozini o‘qish uchun tursalar, misvok bilan tishlarini ishqardilar», deb aytdilar. Bu yerda yuqoridagi hadis ikki marta takror kelgan. Faqat «tajahhud» kalimasi o‘rniga «kechasi» bo‘lib kelgan. 464/6. Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu zot kechalarning birida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlarida tunab qoldilar. Allohning nabiysi kechaning oxirida turib (tashqariga) chiqdilar-da, osmonga qarab Oli-Imron surasining 190-191 oyatlarini o‘qidilar: «Osmonlar va yerning yaralishida hamda kecha va kunduzning almashinib turishida aql egalari uchun (bir yaratuvchi va boshqarib turguvchi Zot mavjud ekanligiga) oyat-alomatlar borligi shubhasizdir. Ular turganda ham, o‘tirganda ham, yotganda ham Allohni eslaydilar hamda osmonlar va yerning yaralishi haqida tafakkur qilib (deydilar): «Parvardigoro, bu (borliq)ni behuda yaratganing yo‘q. Sen (behuda biror ish qilish aybidan poksan. Uzing bizni jahannam azobidan asragil». So‘ngra uyga qaytib, misvok ishlatdilar, tahorat olib, keyin namoz o‘qidilar. So‘ngra yonboshlab, keyin turdilar-da, (tashqariga) chiqib, osmonga qarab yuqoridagi oyatlarni o‘qidilar. So‘ngra qaytib, misvok ishlatib tahorat qildilar-da, so‘ngra turib namoz o‘qidilar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling