Microsoft Word sahih muslim1 ziyouz com doc
Download 493.56 Kb. Pdf ko'rish
|
Imom Muslim. Sahihi Muslim. 1-kitob
17-bob Istinjo haqida 473/1. Salmon roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu zotga «Payg‘ambaringiz barcha narsani o‘rgatadi, hattoki hojatxonaga borishni ham-a?!» deb aytilganida, Salmon: «Ha, Sahihi Muslim (birinchi kitob). Imom Muslim www.ziyouz.com kutubxonasi 112 o‘rgatadilar. Haqiqatda bizga qiblaga yuzlanib katta hojat chiqarishdan yoki peshob qilishdan, o‘ng qo‘l bilan uchtadan oz tosh ila yoki tezak yo suyak bilan istinjo qilishdan man etdilar», deb aytdilar. Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan. Va mushriklar so‘ragani zikr qilingan. 474/2. Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam (orqani) suyak yoki tezak bilan artishdan man qildilar. 475/3. Abu Ayyub roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar hojatxonaga borsangiz, peshob yoki katta hojat qilsangiz, qibla tomonga oldingizni ham, orqangizni ham qaratmang. Lekin sharq yo g‘arb tomonga qarating», dedilar. (Chunki Madina shahridagilar sharq yoki g‘arb tomonga qarab hojat chiqarishsa, o‘shanda qibladan teskari tomonga yuzlangan bo‘lishadi... - tarj.) Abu Ayyub roziyallohu anhu aytadilar: «Biz: «Shom shahriga borib hojatxona topdik, u qibla tomonga qarab qurilgan edi. Biz (qodir bo‘lganimizcha) undan burilib o‘tirsak-da, bu qilgan ishimizga Allohdan mag‘firat qilishini so‘rasak bo‘ladimi?» desak, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ha», dedilar». 476/4. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar sizlardan biringiz hojat chiqarish uchun o‘tirsa, qibla tomonga oldini ham, orqasini ham qaratmasin», dedilar. 477/5. Muhammad ibn Yahyo amakilari Vose’ ibn Habbon roziyallohu anhudan qilgan rivoyatlarida Vose’ ibn Habbon roziyallohu anhu aytdilar: «Men masjidda namoz o‘qiyotgan edim, Abdulloh ibn Umar qibla tomonga orqalari ila suyanib turgan ekanlar. Qachonki, namozimni tugatib bir tomonim bilan u kishiga qarasam, u zot: «Odamlar «Agar hojating uchun o‘tirsang, qibla tomonga ham, Bayt ul-maqdis tomonga ham yuzlanma», deb aytishadi. Men uyning tepasiga chiqib qarasam, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ikki g‘isht ustiga o‘tirib, Bayt ul-maqdis tomonga yuzlanib hojatlarini chiqarayotganlarini ko‘rdim», dedilar». 478/6. Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu zot: «Singlim Hafsaning uyi ustiga ko‘tarilib qarasam, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Shom tomonga oldilarini va qibla tomonga orqalarini qaratib, o‘tirgan holda hojat chiqarayotgan ekanlar», deb aytdilar. Download 493.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling