Microsoft Word sahih muslim1 ziyouz com doc
-bob Najas va siydik chiqarganda suv bilan istinjo qilish haqida
Download 493.56 Kb. Pdf ko'rish
|
Imom Muslim. Sahihi Muslim. 1-kitob
- Bu sahifa navigatsiya:
- 22-bob Ikki mahsiga mash tortish haqida
21-bob Najas va siydik chiqarganda suv bilan istinjo qilish haqida
485/1. Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam devor ila to‘silgan joyga kirdilar. Idishda suv olib bir xizmatkor bola u zotga ergashdi. U eng kichigimiz edi. U idishdagi suvni lotos guli oldiga qo‘ydi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam esa hojatlarini chiqarib, bizning oldimizga chiqdilar. U zot chiqqanlarida suv bilan istinjo qildilar». 486/2. Anas ibn Molik roziyallohu anhu: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hojatxonaga kirsalar, men va men kabi bir bola idishda suv va tayokcha ko‘tarib borar edik. U zot esa suv bilan istinjo kilardilar», deb aytdilar. 487/3. Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hojatxonaga borib ichlarini bo‘shatadigan bo‘lsalar, men suv olib borar edim, u zot esa o‘sha suv bilan yuvar edilar». 22-bob Ikki mahsiga mash tortish haqida 488/1. Hammom roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Jarir roziyallohu anhu bavl qilib, so‘ngra tahorat olib va mahsilari ustiga mash tortdilar. U kishiga: «Mahsingizga mash Sahihi Muslim (birinchi kitob). Imom Muslim www.ziyouz.com kutubxonasi 114 tortyapsizmi?» deyilganida, u zot: «Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning bavl qilib, so‘ngra tahorat olib va mahsilari ustiga mash tortganlarini ko‘rdim», dedilar. Ibrohim: «Bu hadis Abdullohning ashoblarini qiziqtirar edi. Chunki Jarir roziyallohu anhuning Islomga kirishlari Moida surasi nozil bo‘lganidan keyin edi», dedilar. (Alloh taolo Moida surasida «Yuzlaringizni hamda qo‘llaringizni chig‘anoqlarigacha yuvingiz, boshlaringizga mash tortingiz va oyoqlaringizni oshiqlarigacha yuvingiz», degan. Agar Jarir roziyallohu anhu mana shu oyat tushishidan oldin Islomga kirganlarida yuqorida aytgan hadislari mana shu oyat tushishi bilan mansuh bo‘lib amaldan qolar edi. Demak, bu oyat tushganidan keyin Islomga kirganlari uchun bu hadisga amal qilinishini va oyatdan maqsad mahsisi yo‘q kishi oyoq yuvishi lozimligini bildik... - tarj.) Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan. 489/2. Huzayfa roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga (yurib) qavm axlat to‘kadigan joyda to‘xtadik. U zot esa tik turib bavl qildilar, men esa o‘zimni chetga olgan edim, u zot: «Yaqinroq kel», dedilar. Men esa u zotga yaqin kelib, hatto orqa tomonlarida tik turdim. U zot tahorat qilib ikki mahsilari ustiga mash tortdilar». Foyda: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tik turib bavl qilishlariga sabab u zotning bellari yo tizzalari og‘rigani yoki atrof iflos va axlat bo‘lgani uchun edi. «Yaqinroqqa kel», deyishlariga sabab atrofdagilardan to‘sishlari uchun edi. 490/3. Abu Voil roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Abu Muso roziyallohu anhu bavl to‘g‘risida qattiq yo‘l tutib, butilkaga bavl qilardilar va «Bani Isroildan biror kishining badaniga siydik tegadigan bo‘lsa, qaychi bilan kesishar edi», deb aytardilar. Huzayfa roziyallohu anhu: «Men sohibingizni, ya’ni Abu Musoni bu xususda qattiq yo‘l tutmasliklarini yaxshi ko‘raman. Chunki mening Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga yurib borganimni ko‘rganingizda, u zot devor orqasidagi axlatxona oldiga borib, xuddi sizlardan biringiz tik turgani kabi tik turib bavl qildilar. Uzimni chetga olgan edim, u zot menga ishora qildilar, men esa u zotning orqalarida tik turganimda bavl qilib bo‘ldilar», dedilar. 491/4. Urva ibn Mug‘iyra otalari Mug‘iyra ibn Shu’ba roziyallohu anhudan, u zot esa Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hojat chiqarish uchun (hojatxonaga) chiqqanlarida Mug‘iyra roziyallohu anhu suv quyilgan idish olib u zotning orqalaridan ergashdilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hojatlarini chiqarib bo‘lgan paytda Mug‘iyra roziyallohu anhu suv quyib berdilar. U zot esa tahorat qildilar va ikki mahsilariga mash tortdilar. Ibn Rumhning rivoyatida arabcha matndagi «hiyna» o‘rniga «hatta» kalimasi aytilgan. Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan. Faqat «U zot yuzlari va qo‘llarini yuvib, boshlariga mash tortdilar, so‘ngra mahsilari ustiga mash tortdilar» kalimasi ziyoda qilingan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling