Sahihi Muslim (birinchi kitob). Imom
Muslim
www.ziyouz.com kutubxonasi
113
481/3. Abu Qatoda roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam
idish ichida nafas olishdan, zakarini o‘ng qo‘li bilan ushlashdan va o‘ng qo‘li
bilan istinjo qilishdan man etdilar.
19-bob Poklanish va boshqa narsalarda o‘ng tomondan boshlash haqida
482/1. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Bu onamiz: «Agar
Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam tahorat qiladigan bo‘lsalar yoki soch taraydigan bo‘lsalar
yoxud poyabzal kiyadigan bo‘lsalar, o‘ng tomondan boshlashni yaxshi ko‘rardilar», deb
aytdilar.
483/2. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
poyabzal kiyish bo‘lsin, soch tarash yoki poklanish bo‘lsin, barcha ishlarni o‘ng
tomondan
boshlashni yaxshi ko‘rardilar.
20-bob Yo‘llarga va soyalaniladigan joylarga hojat chiqarib bulg‘ashdan
qaytarilgani haqida
484/1. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam: «Ikkita la’natlanishga sabab bo‘luvchi narsadan qo‘rqinglar»,
deganlarida,
sahobalar: «Ey Allohning rasuli! U ikki la’natlanishga sabab bo‘luvchi narsa nima?»
deyishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ular odamlar yuradigan yo‘l va
soyalaniladigan joyga hojat chiqarib ketish», dedilar.
Do'stlaringiz bilan baham: