Microsoft Word sahih muslim1 ziyouz com doc
Download 493.56 Kb. Pdf ko'rish
|
Imom Muslim. Sahihi Muslim. 1-kitob
www.ziyouz.com kutubxonasi
115 492/5. Mug‘iyra ibn Shu’ba roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu zot: «Men kechalarning birida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga ketayotgan edim, u zot (pastlikka) tushib hojatlarini chiqardilar. So‘ngra kelganlarida men u zotga o‘zimdagi idishdan suv quyib berib turdim, u zot esa tahorat qilib mahsilariga mash tortdilar», deb aytdilar. 493/6. Mug‘iyra ibn Shu’ba roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu zot: «Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga safarda ketayotgan edim. U zot: «Ey Mug‘iyra, (suv) idishingni olgin», dedilar. Men idishni olib u zot bilan birga chiqdim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yurib, hatto mendan uzoqlashib ketdilar. Hojatlarini chiqarib bo‘lib, so‘ngra qaytib keldilar. Ustlarida esa shomiy, ya’ni Shom shahrida tikilgan chopon bo‘lib yengi tor edi. U zot qo‘llarini choponning yengidan chiqaray, derdilar-u, lekin yeng torlik qilar edi. Qo‘llarini esa choponning ostidan chiqardilar. Men esa suv quyib berib turdim. U zot namozga tahorat olingani kabi tahorat qilib, so‘ngra mahsilari ustiga mash tortib, keyin namoz o‘qidilar», deb aytdilar. 494/7. Mug‘iyra ibn Shu’ba roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu zot: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hojat chiqarish uchun (tashqariga) chiqdilar. Qachonki, qaytganlarida suv idishni olib, u zotga suv quyib berib turdim. U zot ikki qo‘llarini, so‘ngra yuzlarini yuvdilar. Ikki bilaklarini yuvishga kirishgandilar, chopon torlik qilib qoldi. Bilaklarini chopon ostidan chiqarib yuvdilar va boshlari hamda mahsilari ustiga mash tortdilar. So‘ngra bizga namoz o‘qib berdilar», deb aytdilar. 495/8. Urva ibn Mug‘iyra roziyallohu anhu otalaridan qilgan rivoyatda otalari Mug‘iyra ibn Shu’ba roziyallohu anhu: «Kechalarning birida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga kteayotgan edim, u zot: «Senda suv bormi?» dedilar. Men: «Ha», degan edim, u zot ulovlaridan tushib yurdilar-da, hatto kechaning qorong‘u, ya’ni hech kim ko‘rinmaydigan joyigacha ko‘zdan pinhona bo‘ldilar. Keyin kelganlarida men u zotga idishdan suv quyib berdim. U zot yuzlarini yuvdilar. Ustlarida esa jundan ishlangan chopon bor edi. Undan ikki bilaklarini chiqarishga qodir bo‘lmay, oxiri choponning pastki qismidan chiqardilar. Ikki bilaklarini yuvib, boshlariga mash tortdilar. Keyin men u zotning mahsilarini yechishga engashgan edim, u zot: «Qo‘yaver, men uni tahorat bilan kiyganman», dedilar-da, u ikki mahsi ustiga mash tortdilar», deb aytdilar. 496/9. Urva ibn Mug‘iyra otalaridan rivoyat qiladilar. Otalari Mug‘iyra ibn Shu’ba roziyallohu anhu Rasulullohning sollallohu alayhi vasallam tahorat qilib olishlari uchun suv quyib berdilar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam esa tahorat qilib, ikki mahsilari ustiga mash tortdilar va «Men u ikkovini tahorat bilan kiyganman», dedilar. Download 493.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling