Microsoft Word sahih muslim1 ziyouz com doc
Download 493.56 Kb. Pdf ko'rish
|
Imom Muslim. Sahihi Muslim. 1-kitob
www.ziyouz.com kutubxonasi
111 16-bob Fitratga (ya’ni, sof tabiatga) taalluqli xislatlar 465/1. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Fitrat besh xildir yoki beshta narsa fitratdandir: 1. Xatna qildirish. 2. Jinsiy a’zodagi junlarni qirish. 3. Tirnoqlarni olish. 4. Qo‘ltiq osti junlarini yulish. 5. Mo‘ylovni qisqartirish», deb aytdilar. 466/2. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Fitrat beshtadir: 1. Xatna qildirish. 2. Jinsiy a’zodagi junlarni qirish. 3. Mo‘ylovni qisqartirish. 4. Tirnoqlarni olish. 5. Qo‘ltiq osti junlarini yulish», dedilar. 467/3. Anas ibn Molikdan rivoyat qilinadi. Bu zot: «Mo‘ylovni qisqartirish, tirnoqlarni olish, qo‘ltiq osti junlarini yulish va jinsiy a’zolardagi tuklarni qirish uchun bizga muddat tayin qilindi. Usha muddat qirq kechadir (ya’ni, bu ishlarni qilishni qirq kechadan o‘tkazib yubormaslik lozimdir)», dedilar. 468/4. Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Mo‘ylovlarni qirtishlab olib, soqollarni shundog‘icha qo‘yib yuboringlar», deb aytdilar. 469/5. Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam mo‘ylovlarni qirtishlab olib, soqollarni shundog‘icha qo‘yib yuborishga buyurdilar. 470/6. Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Mushriklarga xilof qilgan holda mo‘ylovlarni qirtishlab olib, soqollarni qo‘yib yuboringlar», deb aytdilar. 471/7. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Majusiylarga xilof qilgan holda mo‘ylovni qirqib, soqolni qo‘yib yuboringlar», deb aytdilar. 472/8. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Un narsa fitratdan, ya’ni sof tabiatdandir: 1. Mo‘ylovni qirtishlash. 2. Soqolni qo‘yib yuborish. 3. Misvok ishlatish. 4. Burunning ichiga suv olish. 5. Tirnoqni olish. 6. Bo‘g‘im joylarni yuvish. 7. Qo‘ltiq osti tuklarini yulish. 8. Jinsiy a’zodagi tuklarni qirish. 9. Istinjo. 10. ... », deb aytdilar. Ushbu hadis roviylaridan biri Mus’ab ibn Shayba roziyallohu anhu: «Uninchisini unutdim, balki og‘iz chayish bo‘lsa kerak», dedilar. Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan. Download 493.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling