Microsoft Word sahih muslim1 ziyouz com doc
Download 493.56 Kb. Pdf ko'rish
|
Imom Muslim. Sahihi Muslim. 1-kitob
32-bob Maniyning hukmi
521/1. Alqama roziyallohu anhu va Asvad roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bir kishi Oisha roziyallohu anho oldilariga tushib kiyimini yuva boshladi. Oisha roziyallohu anho: «Agar maniyni ko‘rsang, o‘sha joyini yuvishing kifoya qiladi. Agar ko‘rmasang, atrofiga suv sepib qo‘ygin. Meni ko‘rganingda edi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kiyimlarini ishqalab berar edim, u zot u kiyimda namoz o‘qirdilar», dedilar. 522/2. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Bu onamiz maniy haqida gapirib: «Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kiyimlarini ishqab qo‘yardim», dedilar. 523/3. Oisha roziyallohu anhodan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kiyimlarini qirtishlaganlari rivoyat qilinib, Abu Ma’shardan rivoyat qilingan hadisdagi so‘zlar ila Sahihi Muslim (birinchi kitob). Imom Muslim www.ziyouz.com kutubxonasi 120 davom ettirilgan. Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan. 524/4. Amr ibn Maymun roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Sulaymon ibn Yasordan kishining kiyimiga tegadigan maniy haqida so‘rab: «Maniyni yuvadimi yoki kiyimni yuvadimi?» deyilganida, u zot: «Menga Oisha roziyallohu anho xabar berishlaricha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam maniyni yuvib, so‘ngra o‘sha kiyim bilan namozga chiqardilar. Usha yuvilgan maniyning iziga ko‘zim tushar edi», deb aytdilar. Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan. Faqat «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yuvar edilar» o‘rniga «Oisha roziyallohu anho: «Men yuvar edim», dedilar» bo‘lib kelgan. 525/5. Abdulloh ibn Shihob al-Huvloniy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Men Oisha roziyallohu anho huzurlariga kelganimda ehtilom bo‘lib, ikki kiyimimga undan tegdi. Men u kiyimni suvga botirib yuvdim. Oisha roziyallohu anhoning xizmatkor joriyalari meni bu qilgan ishimni ko‘rib qolib, u onamizga xabar berdi. Oisha roziyallohu anho menga odam jo‘natib: «Ikki kiyimingni bunday qilishga seni nima majbur etdi?» dedilar. Men: «Uyqudagi kishi tushida ko‘radigan narsani ko‘rganim uchun, ya’ni maniy majbur qildi», dedim. Oisha roziyallohu anho: «Ikki kiyimingda biror narsa ko‘rdingmi?» degandilar, men: «Io‘q», dedim. Shunda Oisha roziyallohu anho: «Agar biror narsa ko‘rsang, yuvgin. Sen meni ko‘rganingda edi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kiyimlariga (maniy tegib) qurib qolgan bo‘lsa, tirnog‘im bilan ishqalab tashlar edim», dedilar». Download 493.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling