Microsoft Word sahih muslim1 ziyouz com doc
-bob Janobatdan qanday g‘usl qilish haqida
Download 493.56 Kb. Pdf ko'rish
|
Imom Muslim. Sahihi Muslim. 1-kitob
9-bob Janobatdan qanday g‘usl qilish haqida
563/1. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Agar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam janobat sababli g‘usl qiladigan bo‘lsalar, (avval) ikki qo‘lni yuvishdan boshlardilar. So‘ngra o‘ng qo‘llari bilan chap qo‘llariga suv quyib olatlarini yuvib, keyin namozga tahorat qilganlaridek tahorat olib, so‘ngra suv olib barmoqlarini sochlari ostiga kirgizardilar. Hatto boshlarining ustidan uch hovuch suv quyib (boshning barcha qismiga) namlik yetkazib, keyin jasadlarining boshqa qismiga suv quyib, so‘ngra ikki oyoqlarini yuvardilar. Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan, faqat «ikki oyoqlarini yuvardilar» so‘zi aytilmagan. 564/2. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Bu onamiz: «Agar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam janobat sababli g‘usl qiladigan bo‘lsalar, ikki kaftlarini uch marta yuvardilar», deb yuqoridagi hadisdagi kabi so‘zni aytdilar. Lekin ikki oyoq yuvganlarini zikr etmadilar. Sahihi Muslim (birinchi kitob). Imom Muslim www.ziyouz.com kutubxonasi 127 Oisha roziyallohu anhodan qilingan boshqa rivoyat aytilishicha esa, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam agar janobat sababli g‘usl qiladigan bo‘lsalar, qo‘llarini idishga tiqishdan avval uni yuvish bilan boshlab, so‘ngra namozga tahorat qilganlari kabi tahorat olardilar. 565/3. Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Xolam Maymuna menga: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam janobat sababli g‘usl qilayotganlarida huzurlarida tursam, u zot kaftlarini ikki yoki uch marta yuvib, suv bilan olatlarini yuvardilar. Yuvishlari chap qo‘l bilan bo‘lardi. So‘ngra chap qo‘llarini yerga qattiq ishqardilar. So‘ngra namozga tahorat qilgandek tahorat olib, keyin boshlaridan uch hovuch kaftlarini to‘ldirib suv quyardilar-da so‘ngra jasadlarini boshqa joyini yuvdilar. Keyin yuvingan makonlaridan o‘zlarini chetga olib oyoqlarini yuvardilar. Men (artinish uchun) ro‘molcha olib borsam, uni rad qilardilar», deb gapirib berdilar». Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan, lekin «boshlari ustidan uch hovuch suv quyardilar» va «ro‘molcha» zikri kelmagan. Ammo tahoratlarining to‘la zikri, ya’ni og‘izni chayib, burunga suv olishlari zikr qilingan. 566/4. Maymuna roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga (artinish uchun) ro‘molcha olib kelinsa, u zot: «Suv mana bunday qilinadi», deb uni silkitdilar. 567/5. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam agar janobat sababli g‘usl qiladigan bo‘lsalar, sut idishiga o‘xshash biror idish olib kelishni buyurib, kaftlari bilan ushlardilar-da, boshlarining o‘ng qismidan boshlab, so‘ngra chap qismiga quyib va ikki kaftlarini ushlab bosh ustidan mana bunday qilinadi, dedilar. Ya’ni, kaft bosh ustidan yurgiziladi. Download 493.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling