Microsoft Word sahih muslim1 ziyouz com doc
-bob Ayollardan ham maniy chiqsa, g‘usl qilish shart ekani haqida
Download 493.56 Kb. Pdf ko'rish
|
Imom Muslim. Sahihi Muslim. 1-kitob
7-bob Ayollardan ham maniy chiqsa, g‘usl qilish shart ekani haqida
556/1. Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Ishoqning momolari Ummu Sulaym Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelib: «Ey Allohning rasuli, xotin kishi ham tushida erkak kishi ko‘radigan (tushni) ko‘rib, erkak kishiga yetadigan (maniy) u xotinda ham sodir bo‘lsa, nima qiladi?» deganlarida, o‘sha payt Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlarida Oisha onamiz ham bor edilar. U onamiz: «Ey Ummu Sulaym, ayollar haqida noqulay gapni aytding, ey qurmagur», dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Oisha roziyallohu anhoga: «Balki sen qurmagursan, ey Oisha. Ha, ey Ummu Sulaym, agar u narsani ayol kishi ham ko‘rsa, g‘usl qilsin», dedilar. Sahihi Muslim (birinchi kitob). Imom Muslim www.ziyouz.com kutubxonasi 125 557/2. Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Ummu Sulaym roziyallohu anho Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan ayol kishi ham tushida erkak kishi ko‘radigan narsani so‘raganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar o‘sha narsani ayol kishi ko‘rsa, g‘usl qilsin», dedilar. Ummu Sulaym roziyallohu anho: «Bu narsadan uyalib «Bu narsa bo‘ladimi?» desam, Allohning nabiysi: «Ha, bo‘ladi, unda (bola ota-onasiga) o‘xshashligi qaerdan bo‘ladi?! Albatta erkak kishi suvi quyuq, oq, ayol kishining suvi suyuq, sariqdir. Bu ikki suvdan qaysi biri oliy yoki g‘olib bo‘lsa, o‘shanga o‘xshaydi», dedilar», deb aytdilar. 558/3. Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bir xotin Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan erkaklar tushida ko‘radigan narsani ayol kishi ham tushida ko‘rsa, nima qilishi haqida so‘radi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar u ayolda erkaklardagidek (maniy) sodir bo‘lsa, g‘usl qilsin», dedilar. 559/4. Ummu Salama roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Ummu Sulaym Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelib: «Ey Allohning rasuli! Albatta Alloh haqdan hayo qilmaydi (ya’ni, haqni bayon etishda pashshani zarbulmasal qilishdan ham to‘xtatmaydi). Agar ayol kishi ehtilom bo‘lib qolsa, g‘usl qiladimi?» deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ha, agar suvni ko‘rsa», dedilar. Ummu Salama: «Ey Allohning rasuli, ayol kishi ham ehtilom bo‘ladimi?» deganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Qurmagur, unaqada farzand qanday qilib onasiga o‘xshaydi?!» dedilar. Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan, faqat «ayollar haqida noqulay gapni aytding» so‘zi ziyoda qilingan. 560/5. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Baniy Abu Talhaning onalari Ummu Sulaym Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kirib yuqoridagi hadisda kelganidek gapirdilar. Hadisning davomida Oisha roziyallohu anho: «Tuf senga! Ayol ana shuni ko‘radimi?» dedilar. 561/6. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Bir xotin Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga: «Ayol kishi suv chiqqanini ko‘rib ehtilom qilganini his etganda g‘usl qiladimi?» deb aytganida, u zot: «Ha, g‘usl qiladi», dedilar. Oisha roziyallohu anho u ayolga «Qurmagur», dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Qo‘yavergin, o‘xshashlik mana shu tomondan bo‘ladi. Agar ayolning suvi erining suvidan g‘olib kelsa, farzand tog‘alariga o‘xshaydi. Agar erkakning suvi xotinining suvidan g‘olib kelsa, farzand amakilariga o‘xshaydi», dedilar. Download 493.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling