Microsoft Word sahih muslim1 ziyouz com doc
-bob Uyqudan uyg‘onganda yuz va ikki qo‘lni yuvish haqida
Download 493.56 Kb. Pdf ko'rish
|
Imom Muslim. Sahihi Muslim. 1-kitob
5-bob Uyqudan uyg‘onganda yuz va ikki qo‘lni yuvish haqida
547/1. Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kechasi o‘rinlaridan turib, (katta yoki kichik) hojat chiqarib, so‘ngra yuzlari va ikki qo‘llarini yuvib, keyin uxlardilar. 6-bob Junub bo‘lgan kishi uxlashi joizligi, agar ovkatlanishni, ichimlik ichishni, uxlashni yoki jimo’ qilishni iroda etsa, olatini yuvib tahorat qilish mahbub ekani haqida 548/1. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam agar junublik holatlarida uxlashni xohlasalar, uyqudan oldin namozga tahorat qilingani kabi tahorat olardilar. 549/2. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Agar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam junub bo‘lib yeyish yoki ichishni xohlasalar, xuddi namozga tahorat qilingani Sahihi Muslim (birinchi kitob). Imom Muslim www.ziyouz.com kutubxonasi 124 kabi tahorat qilardilar. Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan. 550/3. Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Umar roziyallohu anhu: «Ey Allohning rasuli! Bizlardan birortamiz junub bo‘lganida uxlayveradimi?» deganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ha, bo‘laveradi, agar tahorat qilsa», dedilar. 551/4. Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Umar roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan fatvo so‘rab: «Bizlardan birortamiz agar junub bo‘lsa, uxlayveradimi?» deganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ha, to g‘usl qilgunicha tahorat olib, so‘ngra uxlayversin», dedilar. 552/5. Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Umar ibn Xattob Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga kechasi sodir bo‘lib qoladigan janobatni zikr qilganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Tahorat qilib olatingni yuvib, so‘ngra uxlayvergin», dedilar. 553/6. Abdulloh ibn Abu Qays roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Oisha roziyallohu anhodan Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning vitrlari haqida so‘rasam, u onamiz bu haqda zikr qildilar. Men: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam janobat yetsa, nima qilardilar, uxlashdan oldin yuvinardilarmi yoki yuvinishdan oldin uxlardilarmi?» desam, Oisha roziyallohu anho: «Uning barchasini qilardilar, ko‘pincha yuvinib uxlardilar va ko‘pincha tahorat qilib uxlardilar», deganlarida, men: «Ishlarda kengchilik qilgan Allohga hamd bo‘lsin», dedim». Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan. 554/7. Abu Said Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar sizlardan biringiz ahli huzuriga (jinsiy aloqa niyatida) kelsa, so‘ngra yana ikkinchi marta xohlasa, tahorat qilib olsin», dedilar. Abu Bakrning rivoyatlarida «ikki (jinsiy aloqa) o‘rtasida tahorat lozim, agar qayta bajarishni xohlasa» so‘zi ziyoda qilingan. 555/8. Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam xotinlarini bitta g‘usl bilan aylanib chiqardilar. Download 493.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling