Microsoft Word sahih muslim1 ziyouz com doc
-bob Erkak kishi va ayol kishi maniysining sifati hamda farzand er va
Download 493.56 Kb. Pdf ko'rish
|
Imom Muslim. Sahihi Muslim. 1-kitob
8-bob Erkak kishi va ayol kishi maniysining sifati hamda farzand er va
xotinning suvlaridan xalq qilinishi haqida 562/1. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning xizmatkorlari Savbon roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu zot: «Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlarida tursam, yahudiylarning olimlaridan biri kelib: «Assalomu alayka, ey Muhammad», dedi. Men uni bir itargan edim, u sabab yiqilib ketay dedi. U: «Nima uchun meni itarib yubording?» degan edi, men: «Ey Muhammad, deyish o‘rniga Allohning rasuli, deb Sahihi Muslim (birinchi kitob). Imom Muslim www.ziyouz.com kutubxonasi 126 aytmaysanmi?» dedim. Yahudiy: «Biz uni o‘z ahli nom qo‘ygan ism ila chaqiramiz», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ahlim meni ismlagan nom Muhammaddir», dedilar. Yahudiy: «Sendan (ba’zi narsalarni) so‘rash uchun keldim», degan edi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar (so‘ragan narsalaringni) aytsam, foyda beradimi?» dedilar. Shunda u: «Ikki qulog‘im bilan eshitaman», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘zlaridagi daraxt shoxi bilan yerga chizib, so‘rayvergin, dedilar. Yahudiy: «Yer boshqa yerga, osmonlar boshqa osmonlarga aylanib qoladigan kunda odamlar qaerda bo‘lishadi?» degan edi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sirot ko‘prigi pastidagi zulumotda bo‘lishadi», dedilar. Yahudiy: «Birinchi bo‘lib kim o‘tadi?» degan edi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kambag‘al muhojirlar», dedilar. Yahudiy: «Jannatga kirganlarida ularga nima tuhfa bo‘ladi?» degan edi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kitning jigari atrofi», dedilar. Yahudiy: «Bundan keyin uning ortidan nima ozuqa beriladi?» degan edi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Jannat xo‘kizlaridan ular uchun so‘yib beriladi, uni atrofidan yeyishadi», dedilar. Yahudiy: «Ularning ichimliklari nima?» degan edi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Salsabil deb nomlanuvchi buloqdagi (suv)», dedilar. Shunda u: «Rost gapirding, men sendan bir narsa haqida so‘rayman. U haqida yer yuzidagi biror kishi bilmaydi, faqat bir nabiy yoki bir kishi yo ikki kishi biladi, xolos», degan edi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar u haqda gapirsam, foyda beradimi?» dedilar. Yahudiy: «Ha, uni ikki qulog‘im bilan tinglayman, men farzand haqida so‘rash uchun keldim», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Erkak kishining suvi (maniysi) oq, xotinniki esa sariq bo‘ladi. Agar ikkovi jamlanganida erkak kishiniki g‘olib kelsa, Alloh izni bilan farzand o‘g‘il bo‘ladi. Agar xotinning maniysi erkakning maniysidan g‘olib kelsa, Allohning izni bilan farzand qiz bo‘ladi», degandilar, yahudiy: «Rost gapirding, sen nabiydirsan», deb, so‘ngra jo‘nab qoldi. Rasululoh sollallohu alayhi vasallam: «Yahudiy bu haqda mendan so‘radi-yu, lekin so‘ragan narsasi haqida mening ilmim yo‘q edi. Alloh u narsani menga bildirdi», deb aytdilar». Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan. Download 493.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling