Microsoft Word sahih muslim1 ziyouz com doc


-bob Alloh taoloning Odam alayhissalomga «Do‘zaxga yo‘llanganlarning har


Download 493.56 Kb.
Pdf ko'rish
bet106/150
Sana08.11.2023
Hajmi493.56 Kb.
#1756699
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   150
Bog'liq
Imom Muslim. Sahihi Muslim. 1-kitob

96-bob Alloh taoloning Odam alayhissalomga «Do‘zaxga yo‘llanganlarning har 
mingtasidan to‘qqiz yuz to‘qson to‘qqiztasini chiqar», deb aytgan so‘zi haqida 
416/1. Abu Said roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam aytdilar: «Alloh taolo: «Ey Odam», degan edi, Odam alayhissalom: «Labbayka 
va sa’dayka, yaxshilik Sening qo‘lingdadir», dedilar. Alloh taolo: «Do‘zaxga 
yollanganlarni chiqar», degan edi, Odam alayhissalom: «Do‘zaxga yollanganlar kim 
o‘zi?» dedilar. Alloh taolo: «Har mingtadan to‘qqiz yuz to‘qson to‘qqiztasini chiqar», 
dedi. Bu narsa yosh bolalarning sochi oqarganda, barcha homiladorlar o‘z homilasini 
tashlaganda va odamlarni mast-alast holda ko‘rilganda bo‘ladi, holbuki ular o‘zlari mast 
emaslar, lekin Allohning azobi qattiqdir». Bu gap sahobalarga og‘ir botib: «Ey Allohning 
rasuli! Bu qaysi kishi?» deyishgan edi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Xushxabar 
beringlar, chunki Ya’juj va Ma’jujdan mingta, sizlardan bir kishi», dedilar, so‘ngra yana: 
«Mening jonim Uning yadida bo‘lgan Zotga qasamki, men sizlarni jannat ahlining 
to‘rtdan biri bo‘lishingizni qattiq istayman», degandilar, biz Allohga hamd va takbir 
aytdik. So‘ngra yana u zot: «Jonim Uning yadida bo‘lgan Zotga qasamki, jannat ahlining 
uchdan biri bo‘lishingizni qattiq istayman», degan edilar, biz Allohga hamd va takbir 
aytdik. Keyin yana Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Jonim Uning yadida bo‘lgan 
Zotga qasamki, sizlar jannat ahlining yarmi bo‘lishingizni qattiq istayman. Albatta 
sizlarning boshqa ummatlar ichidagi misolingiz xuddi qora terili moldagi oq tukka yoki 
eshak oyog‘idagi yumaloq narsaga o‘xshaydi», dedilar». 
Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan, faqat «Usha kuni odamlar qora moldagi oq 
tukka yoki oq moldagi qora tukka o‘xshaydi» bo‘lib kelgan, ammo oxiridagi «Eshak 
oyog‘idagi yumaloq narsaga o‘xshaydi», degan so‘z zikr qilinmagan. 


Sahihi Muslim (birinchi kitob). Imom Muslim 

Download 493.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling