Microsoft Word sahih muslim1 ziyouz com doc
-bob Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Abu Tolibni shafoat qilganlari
Download 493.56 Kb. Pdf ko'rish
|
Imom Muslim. Sahihi Muslim. 1-kitob
- Bu sahifa navigatsiya:
- 91-bob Do‘zax ahli azoblanishining eng yengili haqida
90-bob Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Abu Tolibni shafoat qilganlari
sababli u zotdan (azobning) yengil bo‘lishi haqida 397/1. Abbos ibn Abdulmutgalib roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu zot: «Ey Allohning rasuli! Abu Tolibga biror narsada foyda bera olasizmi? Chunki u kishi sizni himoya qilib, dushmanlaringizga qahr-g‘azab qilardilar», deganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ha, u kishi do‘zaxning sayoz yeridadirlar. Agar (shafoatim) bo‘lmaganida do‘zaxning tubida bo‘lardilar», deb aytdilar. 398/2. Abdulloh ibn Horis roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Abbos: «Ey Allohning rasuli! Abu Tolib sizni himoya qilib, sizga yordam berardilar. Bu qilgan yaxshiliklari naf beradimi?» deganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ha, u zot do‘zaxning eng tagida edilar, men u zotni do‘zaxning sayoz joyiga chiqarib qo‘ydim», dedilar. Sufyon roziyallohu anhu ham yuqoridagi mazmunda hadis rivoyat qilganlar. Sahihi Muslim (birinchi kitob). Imom Muslim www.ziyouz.com kutubxonasi 98 399/3. Abu Said al-Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlarida amakilari Abu Tolib zikr qilinganida, u zot: «Shoyadki, qiyomat kuni shafoatim sababli do‘zaxning eng sayoz yeriga, ya’ni olov oyoqning oshig‘ qismiga yetib, issig‘idan miya qaynaydigan joyiga chiqarib qo‘yilsa», dedilar. 91-bob Do‘zax ahli azoblanishining eng yengili haqida 400/1. Abu Said al-Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Do‘zax ahli ichida azobi eng yengil kishiga olovdan bo‘lgan ikki kavush kiygiziladi. Usha kavushidagi harorat sababli miyasi qaynaydi», dedilar. 401/2. Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Do‘zaxdagi azobi eng yengil kishi Abu Tolibdir. U (olovli) ikki kavushni kiygani sababli miyasi qaynab turadi», dedilar. 402/3. Abu Ishoq roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Men No‘‘mon ibn Bashirning quyidagicha xutba aytayotganini eshitdim. U zot: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan quyidagilarni eshitdim». Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta qiyomat kuni do‘zax ahlining azob jihatidan eng yengili bir kishiki, oyog‘ining yerga tegmaydigan qismiga cho‘g‘ qo‘yilsa, shu sababli miyasi qaynaydi», dedilar». 403/4. No‘‘mon ibn Bashir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Do‘zaxdagi azobi eng yengil kishi ikki kavushi (bo‘lgan odamdir), kavush iplari olovdan bo‘ladi. Usha odamning miyasi xuddi qozon kabi qaynaydi. Biror kishi buni ko‘rsa, azoblarning eng qattig‘i bo‘lsa kerak, deb o‘ylaydi. Vaholanki, u azoblarni eng yengilidir», dedilar. Download 493.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling