Microsoft Word sahih muslim1 ziyouz com doc
Download 493.56 Kb. Pdf ko'rish
|
Imom Muslim. Sahihi Muslim. 1-kitob
www.ziyouz.com kutubxonasi
97 Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan. 395/4. Qabiysa ibn Muhoriq va Zuhayr ibn Amrlardan qilingan rivoyatda keltirilishicha, «(Ey Muhammad alayhissalom), yaqin qarindosh-urug‘laringizni (Allohning azobidan) ogohlantiring» oyati nozil bo‘lganida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ustma-ust toshlardan iborat tog‘dagi xarsang tosh ustiga chiqib: «Ey Abdumannof bolalari! Men sizlarni ogohlantiruvchiman. Men bilan sizlarning misolingiz xuddi dushmanni ko‘rgach, o‘z ahlining bosib olinishidan qo‘rqib, ularni saqlab qolish uchun diqqat, diqqat, deb qichqirgan kishiga o‘xshaydi», dedilar. Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan. 396/5. Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «(Ey Muhammad alayhissalom), yaqin qarindosh-urug‘laringizni (Allohning azobidan) ogohlantiring», «... va muxlis qarindoshlaringizni ogohlantiring» oyati nozil bo‘lganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam (uylaridan) chiqib, Safo tepaligiga ko‘tarildilar-da: «Diqqat! Diqqat!» deb qichqirdilar. Atrofdagilar: «Bu baqirayotgan kishi kim?» deyishgan edi, bilgan kishilar: «Muhammad», deyishdi. Hamma to‘plangan edi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ey falonchi bolalari! Ey pistonchi bolalari! Ey falonchi bolalari! Ey Abdumannof bolalari! Ey Abdulmuttalib bolalari!» dedilar. Barchalari u zotning atroflariga jamlandi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Menga qaranglar, agar mana shu tog‘ning tagidan otliqlar (bostirib) chiqmoqda, desam, so‘zimni tasdiqlaysizlarmi?» degan edilar, ular: «Biz yolg‘on gapirganingizni bilmaymiz», deyishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Men sizlarni yaqinda turgan qattiq azobdan ogohlantiraman», dedilar. Buni eshitgan Abu Lahab: «Bizni faqat shuning o‘ziga jamladingmi?» deb o‘rnidan turib ketdi. Shunda «Abu Lahabning qo‘llari qurigay. (Aniqki), u quridi» oyati nozil bo‘ldi. A’mash surani «Tabbat yadaa Abi lahab»,ni o‘qib, haqiqatda quridi» deb aytdilar. Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan, lekin «Yaqin qarindosh-urug‘laringizni ogohlantiring» oyati zikr qilinmagan. Download 493.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling