www.ziyouz.com kutubxonasi
94
ko‘rmaganmisizlar? So‘ngra shamol kabi, so‘ngra qush kabi o‘tishadi. Odamlarning
yurishi amallariga qarab bo‘ladi. Nabiylaringiz esa sirot ko‘prigi oldida turib: «Ey
Rabbim, omonda qil! Omonda qil», deb turadi. Hattoki bandalarning amallari ojiz qolib,
ish bermasdan kishi yurishga qodir bo‘lolmay, sudralib keladi. Sirot ko‘prigining ikki
yonida ilgichlar bo‘ladi. Buyurilgan kishini ilib oladi. Ilinmasdan lekin tirnalgan najot
topib, ilinib qolgan do‘zaxga tushadi», dedilar».
«Abu Hurayraning joni Uning yadida bo‘lgan Zotga qasamki, jahannamning chuqurligi
yetmish yil yuriladigan masofachadir», deb aytdilar Abu Hurayra.
85-bob Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «Men jannatda odamlar
ichida birinchi bo‘lib shafoat qiluvchi hamda payg‘ambarlar ichida eng ko‘p
ergashiluvchisiman», degan so‘zlari haqida
378/1. Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam: «Men jannatga odamlarning birinchisi bo‘lib (kiruvchisi), shafoat
qiluvchisiman. Va yana men payg‘ambarlar ichida eng ko‘p ergashiluvchisiman», dedilar.
379/2. Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam: «Men qiyomat kuni payg‘ambarlarning ichida ko‘p ergashiluvchisi va jannat
eshigini birinchi bo‘lib taqillatuvchiman», dedilar.
380/3. Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam: «Men jannatga birinchi bo‘lib shafoat qiluvchiman. Payg‘ambarlardan birortasi
(ummati tomonidan) men kabi tasdiqlanmagan. Payg‘ambarlarning ichida ummatidan
faqat bir kishi tasdiqlab iymon keltirgani ham bor», dedilar.
381/4. Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam: «Men qiyomat kuni jannat eshigi oldiga kelib, u yerni ochishlarini so‘rayman.
U yer soqchisi: «Sen kimsan?» deydi. Men: «Muhammadman», desam, u: «Sengagina
ochishga buyurilganman. Sendan avval biror kishiga ochmayman», deydi», deb aytdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |