Microsoft Word sahih muslim1 ziyouz com doc
-bob Allohning kalomidagi: «(Ey Muhammad alayhissalom), yakin
Download 493.56 Kb. Pdf ko'rish
|
Imom Muslim. Sahihi Muslim. 1-kitob
89-bob Allohning kalomidagi: «(Ey Muhammad alayhissalom), yakin
qarindosh-urug‘laringizni (Allohning azobidan) ogohlantiring» oyati haqida 392/1. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «(Ey Muhammad alayhissalom), yaqin qarindosh-urug‘laringizni (Allohning azobidan) ogohlantiring» oyati nozil bo‘lganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qurayshni chaqirgan edilar, umumiy va xos (qarindosh)lar jamlanishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ey Ka’b ibn Luay bolalari, jonlaringizni do‘zaxdan saqlanglar. Ey Murra ibn Ka’b bolalari, jonlaringizni do‘zaxdan saqlanglar. Ey Abdushshams bolalari, jonlaringizni do‘zaxdan saqlanglar. Ey Abdumannof bolalari, jonlaringizni do‘zaxdan asranglar. Ey Hoshim bolalari, jonlaringizni do‘zaxdan qutqaringlar. Ey Abdulmuttalib bolalari, jonlaringizni do‘zaxdan saqlanglar. Ey Fotima, joningni do‘zaxdan qutqar, chunki men Alloh (ning azobidan) biror narsani sendan daf etishga qodir emasman, lekin sizlar bilan qarindoshlik rishtalarim borki, men o‘sha rishta bilan sizlarni (biroz) siylayman», dedilar. Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan. 393/2. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. «(Ey Muhammad), yaqin qarindosh- urug‘laringizni (Allohning azobidan) ogohlantiring» oyati nozil bo‘lganida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘rinlaridan turib Safo tepaligiga chiqdilar-da: «Ey Fotima binti Muhammad, ey Safiyya binti Abdulmuttalib, ey Abdulmuttalib bolalari! Men Allohning (azobidan) birortasini sizlardan daf etishga qodir emasman. Ammo molimdan xohlaganingizcha so‘rayveringlar», deb aytdilar. 394/3. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga «(Ey Muhammad alayhissalom), yaqin qarindosh-urug‘laringizni (Allohning azobidan) ogohlantiring» oyati nozil bo‘lganida: «Ey Quraysh jamoasi! Jonlaringizni Allohning (azobidan saqlash uchun) sotib olinglar. Allohning (azobidan) birortasini sizdan to‘sa olmayman. Ey Abdulmuttalib bolalari! Allohning (azobidan) birortasini sizlardan to‘sa olmayman. Ey Abbos ibn Abdulmuttalib, Allohning (azobidan) birortasini sizlardan to‘sa olmayman. Ey Alloh rasulining ammasi Safiyya, sizdan Allohning (azobidan) birortasini to‘sa olmayman. Ey Alloh rasulining qizi Fotima! Xohlagan narsangni so‘rayver, lekin Allohning (azobidan) birortasini sendan to‘sa olmayman», dedilar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling