Microsoft Word sahih muslim1 ziyouz com doc
-bob Rasululloh sollallohu alayhi vasallam duolarini ummatlariga shafoat
Download 493.56 Kb. Pdf ko'rish
|
Imom Muslim. Sahihi Muslim. 1-kitob
86-bob Rasululloh sollallohu alayhi vasallam duolarini ummatlariga shafoat bo‘lishi uchun yashirib qo‘yganlari haqida 382/1. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Har bir payg‘ambarning (ijobat etilishi aniq bo‘lgan) duosi bor. Men esa o‘sha duoni qiyomat kuni ummatimga shafoat bo‘lishi uchun yashirib qo‘yishni xohladim», dedilar. 383/2. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Har bir payg‘ambarning (ijobat etilishi aniq bo‘lgan) duosi bor. Men esa, inshaalloh, o‘sha duoim qiyomat kuni ummatimga shafoat bo‘lishi uchun yashirib qo‘yishni xohladim», dedilar. Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan. Sahihi Muslim (birinchi kitob). Imom Muslim www.ziyouz.com kutubxonasi 95 384/3. Abu Hurayra Ka’bul Axborga: «Albatta Allohning nabiyi: «Har bir payg‘ambarning (ijobat etilishi aniq bo‘lgan) duosi bor. Men, inshaalloh duoimni qiyomat kuni ummatimga shafoat bo‘lishi uchun yashirib qo‘yishni xohlayman», deganlar», deb aytganlarida, Ka’b roziyallohu anhu Abu Hurayraga: «Sen buni Rasulullohdan eshitganmisan?» dedilar. Abu Hurayra roziyallohu anhu: «Ha», deb javob berdilar. 385/4. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Har bir payg‘ambarning ijobat qilinishi (aniq bo‘lgan) duosi bordir. Barcha payg‘ambarlar o‘sha duoni aytishda shoshqaloqlikka yo‘l qo‘yishgan. Men esa qiyomat kuni ummatimga shafoat bo‘lishi uchun yashirib qo‘ydim. Kim ummatimdan Allohga biror narsani sherik qilmasa, inshaalloh, o‘sha duo (natijasi)ga erishadi», dedilar. 386/5. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Har bir payg‘ambarning ijobat etilishi (aniq bo‘lgan) duosi bordir. Usha duoni aytib so‘rasa, ijobat qilinib, so‘ragan narsasi beriladi. Men esa o‘sha duoni qiyomat kuni ummatimga shafoat bo‘lishi uchun yashirib qo‘ydim», dedilar. 387/6. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Har bir payg‘ambarning ummati uchun qiladigan duosi bor. Agar o‘sha duoni qilsa, ijobat etiladi. Men esa, xudo xohlasa, duoimni qiyomat kuni ummatimga shafoat bo‘lishi uchun kechiktirib qo‘ydim», dedilar. 388/7. Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Har bir payg‘ambarning ummati uchun qiladigan duosi bor. Men esa o‘sha duoni qiyomat kuni ummatimga shafoat bo‘lishi uchun yashirib qo‘ydim», dedilar. Qatodadan ham xuddi shu sanaddagi hadis rivoyat qilingan, faqat «o‘sha duo berilingan» bo‘lib kelgan. Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan. 389/8. Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Har bir nabiyning ummati uchun qiladigan duosi bor. Men esa qiyomat kuni ummatimga shafoat bo‘lishi uchun uni berkitib qo‘ydim», dedilar. Download 493.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling