Microsoft Word sahih muslim1 ziyouz com doc
Download 493.56 Kb. Pdf ko'rish
|
Imom Muslim. Sahihi Muslim. 1-kitob
www.ziyouz.com kutubxonasi
92 toqat qilib ko‘tara olmaydigan darajada g‘am-g‘ussaga botib qolishadi. Ba’zilar ba’zilarga: «Nima bo‘lganiga va nimalar yetayotganiga qaramaysizlarmi? Kim Rabbingizga vositachi, ya’ni shafoatchi bo‘ladi?» deyishsa, ba’zilari ba’zilariga: «Odam alayhissalom huzurlariga boringlar», deyishadi. Ular Odam alayhissalom huzurlariga borib: «Ey Odam, siz bashariyatning otasisiz. Alloh sizni Uzi yaratib, ruhidan sizga puflagandir va farishtalarini sizga sajda qilishga buyurganida ular sajda qilishgan, (ya’ni, shunaqa ulug‘ mavqe’dagi kishisiz), bizga Rabbingiz o‘rtasida shafoatchi bo‘ling. Bizga nima bo‘lganiga va nimalar yetayotganiga qaramaysizmi?» deyishsa, Odam alayhissalom: «Rabbim bugun shunday g‘azab qildiki, bundan oldin shu kabi g‘azab qilmagan. Bundan keyin ham bunday g‘azab qilmaydi. U meni daraxtga (yaqinlashishdan) man etganida unga osiylik qilib aytganini bajarmadim. Uzim, o‘zim! (Ya’ni, bugun o‘zim bilan o‘zim ovoraman.) Mendan boshqa kishi huzuriga, ya’ni Nuh alayhissalom huzurlariga boringlar», deb aytadilar. Ular Nuh alayhissalomning oldilariga borib: «Ey Nuh! Siz yerdagi birinchi rasuldirsiz. Alloh sizni shukr qiluvchi banda, deb nomladi (ya’ni, shunaqa mavqe’dagi ulug‘ kishisiz). Biz bilan Rabbingiz o‘rtasida shafoatchi bo‘ling. Bizga nima bo‘lganiga va nimalar yetayotganiga qaramaysizmi?» deyishsa, u zot: «Rabbim bugun shu darajada g‘azab qilganki, bundan oldin bunday g‘azab qilmagan, keyin ham shu kabi g‘azab qilmaydi. Men esa qavmimni duoibad qilib qo‘yib xatoga yo‘l qo‘yganman. Uzim! Uzim! (Ya’ni, bugun o‘zim bilan o‘zim ovoradirman.) Sizlar Ibrohim alayhissalom huzurlariga boringlar», deb aytadilar. Ular Ibrohim alayhissalom huzurlariga borib: «Siz Allohning nabiyi va yer ahlidan do‘stidirsiz. Biz bilan Rabbingiz o‘rtasida shafoatchi bo‘ling. Bizga nima bo‘lganiga va nimalar yetayotganiga qaramaysizmi?» deyishsa, Ibrohim alayhissalom ularga: «Rabbim bugun shu darajada g‘azab qilganki, bundan oldin bunday g‘azab qilmagan, bundan keyin ham shu kabi g‘azab qilmaydi. Men esa (ba’zi xatolarni sodir etganman)», deb yolg‘on gapirganlarini zikr qilib: «Uzim! Uzim! (Ya’ni, bugun o‘zim bilan o‘zim ovoradirman.) Sizlar mendan boshqa kishi, Muso huzurlariga boringlar», deb aytadilar. Ular Muso alayhissalom huzurlariga kelib: «Ey Muso! Siz Allohning rasulidirsiz. Alloh sizni Uz risolati bilan va odamlar ichida Uzi bilan gaplashish ila fazilatli qilgan. Biz bilan Rabbingiz o‘rtasida shafoatchi bo‘ling. Bizga nima bo‘lganiga va nimalar yetayotganiga qaramaysizmi?» deyishsa, Muso alayhissalom: «Rabbim bugun shu darajada g‘azab qilganki, bundan oldin pgu kabi g‘azab qilmagan, bundan keyin ham shu kabi g‘azab qilmaydi. Men esa bir odamni o‘ldirib qo‘yganman. Uni o‘ldirish esa menga buyurilmagandi. Uzim! Uzim! (Ya’ni, bugun o‘zim bilan o‘zim ovoradirman.) Sizlar Iso alayhissalom huzurlariga boringlar», deb aytdilar. Ular Iso alayhissalom huzurlariga borib: «Ey Iso alayhissalom! Siz Allohning rasulidirsiz. Siz odamlar bilan beshikdayoq gaplashgansiz. Siz bir kalimadan, ya’ni Maryamga uni tashlanganda va Undagi ruh ila (dunyoga keldingiz). (Biz bilan Rabbingiz) o‘rtasida shafoatchi bo‘ling. Bizga nima bo‘lganiga va nimalar yetayotganiga qaramaysizmi?» deyishsa, Iso alayhissalom: «Rabbim bugun shu darajada g‘azab qilganki, bundan oldin bunday g‘azab qilmagan, keyin ham shu kabi g‘azab qilmaydi. Bugun Uzim! Uzim! (Ya’ni, o‘zim bilan o‘zim ovoradirman)», dedilar-da, ammo qilgan gunohlarini zikr etmasdan: «Sizlar Muhammad alayhissalom huzurlariga boringlar», deb aytadilar. Ular mening oldimga kelib: «Ey Muhammad sollallohu alayhi vasallam! Siz Allohning rasuli va payg‘ambarlarning oxirgisisiz. Alloh avvalgi-yu keyingi gunohlaringizni kechirib qo‘ygan (ya’ni, shu darajadagi mavqe’ga egasiz). Bizga nima bo‘lganiga va nimalar yetayotganiga qaramaysizmi?» deb aytishsa, borib Arshning ostida to‘xtayman, Rabbim uchun sajda qilgan holda bosh egaman. Keyin Alloh taolo menga shunday narsa beradi, ya’ni bu Allohga eng chiroyli hamdu-sano aytishni ilhom etishidir, mendan oldin biror kishiga |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling