Microsoft Word sahih muslim1 ziyouz com doc
Download 493.56 Kb. Pdf ko'rish
|
Imom Muslim. Sahihi Muslim. 1-kitob
www.ziyouz.com kutubxonasi
89 qaytganimizda barchamiz xavorijlarning o‘sha fikridan qaytdik. Faqat bizdan bir kishi ularning fikrida sobit qoldi». Yoki Abu Nu’aym aytganlaridekdir. (Izoh: Hadis rivoyat qiluvchi rivoyati o‘zgarib ketishidan xavf qilib, ehtiyot yuzasidan ngunday deyishi odobdandir). 370/9. Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Do‘zaxdan to‘rt (toifa) kishi chiqqanida ular Allohga namoyish qilindi. Ularning biri burilib qaradi-da: «Ey Rabbim! Meni undan chiqargin, qayta u yerga qaytarmagin», degan edi, Alloh u kishiga do‘zaxdan najot berdi», dedilar. 371/10. Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Alloh qiyomat kuni odamlarni to‘plaganida ular (shafoatga) ahamiyat berishadi. (Ibn Ubayd rivoyatlarida esa o‘sha shafoatni so‘rashga ilhom beriladi, deyilgan.) Ular: «Agar Rabbimiz bizga shafoatchi berganida biz bu joydan (qo‘zg‘olib) farog‘at topgan bo‘lar edik», deyishadi. Va shu holda Odam alayhissalom oldilariga borib: «Siz butun xaloyiqning otasi Odamdirsiz. Alloh sizni o‘z qo‘li bilan yaratib, O’zining ruhidan pufladi. Hamda farishtalariga buyurgan edi, ular sizga sajda qilishdi. Bizga Rabbingiz huzurida shafoatchi bo‘lsangiz, biz bu yerdan (qo‘zg‘olib) taskin topsak», deyishadi. Odam alayhissalom: «Men buning ahli emasman», dedilar va (bug‘doyni yeb qo‘yib) sodir etgan xatolari sababli Rabbilaridan hayo qilishlarini zikr etdilar. «Lekin sizlar Alloh (eng) avval rasul etib yuborgan Nuhning oldiga boringlar», deb aytadilar. Ular Nuh alayhissalomning oldilariga borishsa, u zot ham sodir etib qo‘ygan xatolari sababli Rabbilaridan hayo qilishlarini aytdilar. «Lekin sizlar Alloh Uziga xalil (do‘st) qilib olgan Ibrohim alayhissalom oldilariga boringlar», desalar, ular Ibrohim alayhissalom huzurlariga borishdi. U zot ham: «Men buning ahli emasman», deb sodir etib qo‘ygan xatolari sababli Rabbilaridan hayo qilishlarini aytib: «Lekin sizlar Alloh bilan so‘zlashgan va Tavrot ato etilgan Musoning huzurlariga boringlar», dedilar. Ular Muso alayhissalom huzurlariga kelishsa, u zot ham: «Men buning ahli emasman», deb sodir etib qo‘ygan xatolari sababli Rabbilaridan hayo qilishlarini aytdilar, so‘ng: «Lekin sizlar Allohning ruhi va kalimasi bo‘lmish Iso alayhissalom huzurlariga boringlar», dedilar. U zot ham: «Men buning ahli emasman-u, lekin sizlar avvalgi-yu keyingi gunohlari kechirib qo‘yilgan banda Muhammad alayhissalom huzurlariga boringlar», deb aytsalar, ular huzurimga kelishadi. Rabbimdan (shafoatga) izn so‘rasam, menga izn beriladi. Men o‘shanda sajda qilgan holimdaligimni ko‘rdim. Alloh xohlaganicha sajdada tark qilinaman. Keyin: «Ey Muhammad, boshingizni ko‘tarib (biror narsa) deng, aytgan narsangiz eshitiladi. (Biror narsa) so‘rang, so‘ragan narsangiz beriladi. (Bir narsada) shafoatchi bo‘ling, shafoatchi qilinasiz», deb aytildi. Men boshimni ko‘tarib Rabbim qanday o‘rgatgan bo‘lsa, o‘shanday hamd aytaman. Keyin shafoat qilaman, shundan keyin menga bir hudud ajratib beriladi. Men o‘sha hududdagi kishilarni do‘zaxdan chiqarib, jannatga kiritaman, so‘ngra qaytib, yana sajdaga yiqilaman. Alloh xohlaganicha sajda qilgan holimda tark qilinaman. Keyin: «Boshingizni ko‘taring! Ey Muhammad, (biror narsa) deng, aytgan narsangiz eshitiladi. (Biror narsa) so‘rang, so‘ragan narsangiz beriladi. (Biror narsada) shafoatchi bo‘ling, shafoatchi qilinasiz», deyildi. Men boshimni ko‘tarib Rabbim o‘rgatganidek, Unga hamd aytaman. Keyin shafoat qilsam, menga ajratib qo‘yilgan hududdagilarni do‘zaxdan chiqarib, jannatga kiritaman. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling