Microsoft Word sahih muslim1 ziyouz com doc
-bob Do‘zax ahlidan oxirgi chiquvchilar haqida
Download 493.56 Kb. Pdf ko'rish
|
Imom Muslim. Sahihi Muslim. 1-kitob
83-bob Do‘zax ahlidan oxirgi chiquvchilar haqida
359/1. Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Men do‘zaxdan oxirgi chiquvchi yoki jannatga oxirgi bo‘lib kiruvchi kishini bilaman. U kishi do‘zaxdan emaklab chiqadi. Alloh taolo u kishiga: «Borib jannatga kirgin», deydi. U kishi jannatga borib, u yer to‘lib qolgan deb hayol qilib, qaytib ketadi. Va: «Ey Rabbim, u yer to‘lgan ekanku?» deydi. Alloh taolo: «Borib jannatga kirgin», deydi. U kishi borib, u yer to‘lib qolgan deb hayol qilib qaytib ketadi. Va: «Ey Robbim, u yer to‘lgan ekanku?» deydi. Alloh taolo: «Borib jannatga kirgin. Chunki dunyo barobaricha yoki dunyoga o‘n barobar keluvchi maqom beriladi», deydi. U kishi: «Meni masxara qilyapsanmi yoki mening ustimdan kulmoqdasanmi? Sen Uzing bu narsalarning egasisanku», deydi. Ibn Mas’ud roziyallohu anhu aytdilar. Rasululloh (s.a.v.) bu so‘zlarni aytib kulgandilar, tishlari ko‘rinib qoldi. Va: «Mana shu kishi Jannatning eng past maqomidadir», dedilar. Sahihi Muslim (birinchi kitob). Imom Muslim www.ziyouz.com kutubxonasi 86 360/2. Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Men do‘zax ahlidan oxirgi chiquvchi kishini bilaman. U kishi u yerdan emaklab chiqadi. Unga: «Borib jannatga kirgin», deyiladi. U jannatga kirib, odamlarni manzillarga ega holda topadi. Unga: «Qaerda bo‘lganingni eslaysanmi?» deyilsa, u: «Ha», deydi. Unga: «Orzu qil», deyilsa, u orzu qiladi. Unga: «Orzu qilganingcha va dunyoga o‘n barobar keluvchi narsa», deyiladi. U kishi: «Sen Uzing molik (podshoh) bo‘la turib masxara qilasanmi?» deydi», dedilar. Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning (bu so‘zlarni aytayotib) kulganlarida tishlari ko‘ringanini ko‘rdim». 361/3. Ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Jannatga oxirgi kiruvchi kishi shunday kishiki, gohida yurib, gohida yuzi bilan sudraladi. Gohida do‘zax olovi unga ta’sirini o‘tkazadi. U yerdan o‘tganidan keyin do‘zax tomonga o‘girilib: «Meni sendan omonda qilgan Zot barakotlidir. U Zot avvalgi-yu oxirgilardan birortasiga bermagan narsani menga ato qildi», deydi. Unga bir daraxt ko‘rsatiladi. U: «Ey Rabbim, bu daraxtni menga yaqinlashtir, uning soyasida soyalanib, suvidan ichaman», deydi. Alloh azza va jalla: «Ey odam bolasi! Balki undan boshqa narsa so‘rasang, uni berardim», desa, u: «Yo‘q, ey Rabbim», deb undan boshqasini so‘ramaslikka ahd qiladi. Rabbi uzrini qabul qiladi. Chunki unda sabr yo‘qligini biladi. Va daraxtni yaqinlashtirib, soyasidan naflantiradi va suvidan ichiradi. So‘ngra u: «Avvalgidan yaxshiroq daraxtni menga yaqinlashtir, uning suvidan ichib, soyasidan naf olay, Sendan boshqasini so‘ramayman», deydi. Alloh: «Ey odam bolasi, undan boshqasini so‘ramaslikka ahd qilmaganmiding, balki uni senga yaqinlashtirsam, yana boshqasini so‘rarsan?!» desa, u boshqasini so‘ramaslikka ahd qiladi. Rabbi esa uzrini qabul qiladi. Chunki unda sabr yo‘qligini biladi va u daraxtni yaqinlashtirsa, soyasidan naf olib, suvidan ichadi. Keyin unga avvalgi ikki daraxtdan ham yaxshiroq daraxt ko‘rsatiladi. U kishi: «Ey Rabbim, bu daraxtni menga yaqin qil. Soyasidan naf olib, undagi suvdan ichayin. Sendan undan boshqasini so‘ramayman», desa, Alloh: «Ey odam bolasi! Undan boshqasini so‘ramayman, deb ahd bermaganmiding?» deydi. U kishi: «To‘g‘ri, ey Rabbim! Endi bundan boshqasini so‘ramayman», deydi. Rabbi uning uzrini qabul qiladi, chunki unda sabr yo‘qligini biladi. Usha daraxtga yaqinlashtirsa, u kishi jannat ahli ovozini eshitadi. Va: «Ey Rabbim! Meni unga kiritgin», deydi. Alloh taolo: «Ey odam bolasi! Men bilan sening o‘rtangdagi savolni nima to‘xtatadi? Men senga dunyo, uning mislicha narsa bersam, rozi bo‘lasanmi?» deydi. U kishi: «Ey Rabbim! O’zing olamlar Rabbi bo‘la turib, meni masxaralaysanmi?» deydi», dedilar. Ibn Mas’ud roziyallohu anhu bu so‘zni aytib kuldilar-da: «Nima uchun kulganimni so‘ramaysizlarmi?» dedilar. Atrofdagilar: «Nima uchun kulyapsiz?» deyishdi. Shunda u zot aytdilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ham kulganlarida sahobalar: «Nima uchun kulyapsiz, ey Allohning rasuli?» deyishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «(U) «Olamlar Rabbi bo‘la turib, meni masxara qilyapsanmi?» deb aytgan paytda olamlar Rabbi kulgani uchun kulmoqdaman», dedilar. Alloh: «Men seni masxara qilib kulganim yo‘q, balki xohlagan narsamga qodirligim uchun kulmoqdaman», deydi», deb aytdilar». Download 493.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling