Microsoft Word sahih muslim1 ziyouz com doc
Download 493.56 Kb. Pdf ko'rish
|
Imom Muslim. Sahihi Muslim. 1-kitob
www.ziyouz.com kutubxonasi
84 talabida yolborgan biror kishini ko‘rmaysiz. Ular: «Ey Rabbimiz, ular biz bilan ro‘za tutib, namoz o‘qib, haj qilishgan», deb aytishadi. Shunda ularga: «Tanigan kishilarni chiqaringlar», deyiladi. Ularning suratlari do‘zaxga (tushishi) harom qilinadi. Mo‘minlar ko‘p xaloyiqni u yerdan olib chiqishadi. Do‘zaxga tushganlarning boldir va tizzalari yarmigacha olov tekkan bo‘ladi. Mo‘minlar: «Ey Rabbimiz! Buyurgan kishilaringdan hech bir kishi qolmadi», deb aytishadi. Ularga: «Qaytinglar! Qalbida dinor miqdoricha yaxshiligi bor kishilarni topsanglar, ularni ham olib chiqinglar», deyiladi. Bas, ular ko‘plab xaloyiqni olib chiqishadi. So‘ngra yana mo‘minlar: «Ey Rabbimiz! Bizlarga buyurgan kishilaringdan hech bir kishini qoldirmadik», deyishadi. So‘ngra Alloh: «Qaytinglar, kimning qalbida yarim dinor miqdoricha yaxshilik topsangizlar, ularni olib chiqinglar», deydi. Ular ko‘plab xaloyiqni olib chiqishadi. Keyin yana mo‘minlar: «Ey Rabbimiz! Bizga buyurgan biror kishini qoldirmadik», deyishganida, Alloh: «Qaytinglar, kimning qalbida zarra miqdoricha yaxshilik topsanglar, uni chiqaringlar», deydi. Mo‘minlar ko‘plab xaloyiqni olib chiqishadi. Mo‘minlar yana: «Ey Rabbimiz! Biz u yerda biror yaxshilik qilganni qoldirmadik», deyishadi», dedilar. Abu Said: «Agar bu hadis ekanini tasdiqlay olmasanglar, mana bu oyatni o‘qinglar», deb aytdilar: «Shubhasiz, Alloh birovga bir zarra vaznicha zulm qilmas. Agar (zarracha) yaxshilik bo‘lsa, uni bir necha barobar qilur va yana Uz huzuridan ulug‘ ajr ato qilur» (Niso surasi, 40-oyat). «Alloh: «Farishtalar, payg‘ambarlar va mo‘minlar shafoat qilishdi. Faqatgina rahm qilguvchilarning rahmlisi (Alloh)gina qoldi», deb aytadi-da, do‘zaxdan bir to‘p jamoani olib, undan hech yaxshilik qilmagan, ko‘mirga aylanib ketgan bir qavmni chiqaradi, jannat og‘zidagi hayot anhori deb nomlanuvchi bir anhorga uloqtirsa, ular u yerdan xuddi sel suvi o‘zidagi narsalarni olib kelib, uning ustidan unib chiqqani kabi unib chiqishadi. Qaramaysizlarmi? O’sha seldan keyin quyoshga qarab tosh yo daraxtlar ustida sariq yoki yashil bo‘lib unadi. Soyaga qaragani oq bo‘lib unadi», desalar, sahobalar: «Ey Allohning rasuli, siz go‘yoki yaylovda yashab, u yerda mehnat qilgan kishiga o‘xshaysiz (ya’ni, u yerdagi holatni bilasiz-a)», deyishdi. (Rasululloh sollallohu alayhi vasallam so‘zlarida davom etib): «Ular u yerdan chiqishganida xuddi gardanlarida gavharga o‘xshash uzuksimon narsa bo‘ldi. Jannat ahdlari ularni «Allohning ozod etgan qullari», deb tanishadi. Alloh biror yaxshilik va biror amal qilishmagan bo‘lsa ham ularni jannatiga kiritadi. So‘ngra Alloh: «Jannatga kiringlar, nimani ko‘rsangizlar, o‘sha narsa sizlarga», deydi. Ular: «Ey Rabbimiz, olamda hech kimga bermagan narsangni bizga ato qilding», deyishadi Alloh: «Sizlarga Mening huzurimda bundan ham afzal narsa bor», deydi. Ular: «Ey Rabbimiz, qaysi narsa bizga ato qilgan narsangdan afzal?» deyishsa, Alloh: «Mening roziligim, bu kundan keyin hech g‘azab qilmayman», deydi», dedilar. Imom Muslim aytdilar: «Men Iso ibn Hammodga «Siz «Shafoat» bobida aytgan bu hadisni Lays ibn Sa’ddan eshitganmisiz?» desam, u zot: «Ha», dedilar. Men: «Bu hadisni sizlarga Xolid ibn Yazid roziyallohu anhu Said ibn Abu Hilol roziyallohu anhudan, u esa Zayd ibn Aslamdan, u esa Ato ibn Yasor roziyallohu anhudan, u esa Abu Said al-Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilib quyidagilar, ya’ni «Ey Allohning rasuli! Rabbimizni ko‘ramizmi?» deganimizda, u zot: «Bulut bo‘lmasdan, musaffo kunda quyoshni ko‘rishdan biror narsa mone’lik qiladimi?» deganlarida, biz: «Io‘q», dedik», hadisini davom ettirib, oxirida «amal va yaxshilik qilmagan bo‘lsangiz ham» so‘zidan keyin: «Sizlarga ko‘rgan narsalaringiz va o‘sha barobaridagi narsa ato etildi», degan so‘zni ziyoda qildilar. Abu Said al-Xudriy: «Bizga yetib kelishicha, albatta (sirot) ko‘prigi tukdan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling