Microsoft Word sahih muslim1 ziyouz com doc
-bob Jannat ahlining eng past darajadagisi haqida
Download 493.56 Kb. Pdf ko'rish
|
Imom Muslim. Sahihi Muslim. 1-kitob
84-bob Jannat ahlining eng past darajadagisi haqida
362/1. Abu Said al-Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Jannat ahlining eng past darajadagisi shunday kishiki, Alloh uning yuzini do‘zax tomondan jannat tomonga burib qo‘yib, bir soyali daraxtni unga o‘rnatib Sahihi Muslim (birinchi kitob). Imom Muslim www.ziyouz.com kutubxonasi 87 qo‘ysa, u kishi: «Ey Rabbim! Meni bu daraxtga olib bor, men uning soyasidan bahramand bo‘lay», deydi», deb roviy yuqorida Ibn Mas’uddan qilingan rivoyatdagi kabi davom ettirib, «Ey odam bolasi! Men bilan sening o‘rtangdagi savolni nima to‘xtatadi» so‘zidan oxirigacha zirk qilmaganlar. Lekin hadis oxirida «Alloh unday va bunday narsani so‘ragin, deb eslatadi. Qachonki, u kishidagi umid uzilganida, Alloh taolo: «Bu narsa va unga qo‘shib o‘n barobari senga», deydi. Keyin u kishi uyiga kiradi. Va hurlardan bo‘lgan xotini ham kiradi. Ikkovi: «Seni biz uchun, bizni sen uchun yaratgan Allohga hamd bo‘lsin. Bizga ato qilingan narsa biror kishiga ato etilmagan», deb aytishadi», deyilgan. 363/2. Mug‘iyra ibn Sho‘‘ba roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Muso alayhissalom Rabbilaridan jannat ahlining eng past darajadagisini so‘raganlarida, Alloh: «U shunday kishiki, jannat ahli jannatga kiritilganidan keyin olib kelinib, «Jannatga kirgin», deyiladi. U: «Ey Rabbim, qanday qilib kiraman? Odamlar manzillarini egallab, oladigan narsalarni olib bo‘lishgan-ku», deydi. Keyin unga: «Dunyo podshohlaridan bir podshohga berilgan mulk kabi narsa berilishiga rozimisan?» deb aytilsa, u: «Roziman, ey Rabbim!» deydi. Shunda Alloh: «Senga u kabi, u kabi, u kabi, u kabi», deb beshinchisini aytganida, u kishi: «Rozi bo‘ldim, ey Rabbim», deydi. Yana Alloh: «Bu va bunga o‘n barobar narsa hamda nafsing ishtaha qilib, ko‘zing lazzatlanadigan narsalar senga», desa, u: «Rabbim, rozi bo‘ldim, mana shu manzillarning oliysidir», deydi. Alloh: «Men ularga ko‘rsatiladigan karomatlarni o‘z qo‘lim bilan ekdim, ya’ni karomatlariga hech bir o‘zgarish kirmaydi. Va unga Uzim muhr urganman. U narsani biror ko‘z ko‘rmagan, biror quloq eshitmagan va biror inson qalbi his etmagan», deb aytdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu so‘zning tasdig‘iga dalil qilib Allohning kitobidan quyidagi oyatni aytdilar: «Ular uchun berkitib qo‘yilgan ko‘zlar quvonchini (ya’ni, oxirat ne’matlarini) biron jon bilmas» (Sajda surasi, 17-oyat). Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan. 364/3. Abu Zarr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Men jannatga oxirgi bo‘lib kiruvchi va oxirgi do‘zaxdan chiquvchi kishini bilaman. Bir kishi qiyomat kuni olib kelinib: «Kichik gunohlarini ko‘rsatib, katta gunohlarini undan ko‘taringlar», deb aytilsa, kichik gunohlari ko‘rsatiladi. Va unga: «Shu kuni shunday, shunday va shunday, falon kuni shunday, shunday va shunday qilganmiding?» deyilsa, u: «Ha!» deb katta gunohlarida shafqat qilinishi uchun kichigini inkor etishga qodir bo‘lmaydi. Shunda unga: «Har bir qilgan yomonliging barobaridagi yaxshilik sen uchun», deyilsa, u kishi: «Ey Rabbim! Men ko‘p (katta gunohlarni) sodir qilganman. Men ularni ko‘rmayapman-ku», deydi», deb aytdilar. Roviy: «Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ushbu so‘zlarni aytayotib kulganlarida tishlari ko‘rinib qolganini ko‘rdim», deb aytdilar. Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan. 365/4. Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu zotdan (jannat yoki do‘zaxga) tushuvchilar haqida so‘ralganida u zot: «Biz qiyomat kuni unday va bunday bo‘lib kelamiz. Buni odamlarning qiyofasiga qarab (bilgin). Ummatlar o‘zlari ibodat qilgan but-sanamlari bilan chaqiriladi. Avval ibodat qilganlari birinchi bo‘lib kelishadi. Ana shundan keyin Rabbimiz keladi. Va: «Kimni ko‘ryapsizlar?» deydi. Ular: «Rabbimizni ko‘ryapmiz», deyishadi. U: «Men sizlarning Rabbingizman», deydi. Ular: «Biz Senga qaramoqchimiz», deyishsa, Alloh ularga kulgan holda ko‘rinadi. U ular bilan birga yuradi, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling