Microsoft Word sahih muslim1 ziyouz com doc
Download 493.56 Kb. Pdf ko'rish
|
Imom Muslim. Sahihi Muslim. 1-kitob
www.ziyouz.com kutubxonasi
82 temir ilgich bor. «Sa’donning o‘zini ko‘rganmisizlar?» deb so‘ragan edilar, sahobalar: «Ha, ey Allohning rasuli», deyishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «U temir xuddi o‘sha sa’don tikoniga o‘xshaydi, lekin kattaligi hajmini Allohdan boshqa hech kim bilmaydi. U odamlarni amallariga qarab tortib oladi. Ularning ichida amali sababli qoluvchi mo‘minlar bor va jazo oluvchi, ya’ni ilinib qoluvchilar bor. Hatto Alloh taolo bandalari orasida hukm qilib bo‘lib, Uz rahmati ila ahlidan kishilarni chiqarishni xohlasa, farishtalariga Allohga biror narsani sherik qilmagan kishilarni do‘zaxdan chiqarishga buyuradi. Alloh taolo rahm qilishni xohlagan kishilar «La ilaha illalloh», deb aytuvchilar bo‘lib, ular do‘zaxda ham taniladi, ya’ni sajda izi sababli bilinadi. Do‘zax odam bolasining sajda izidan boshqa barcha joyini yeydi. (Ammo) sajda izini yeyish do‘zaxga harom qilingan. Ular do‘zaxda kuyib chiqishganida ularga hayot suvi quyiladi. Xuddi sel ko‘pigi donlarni o‘stirganidek, ular ham o‘sishadi. Keyin Alloh taolo bandalari orasida hukm qiladi. Bir kishi yuzi bilan do‘zaxga yuzlangan holda qoladi. Mana shu kishi jannatga kiruvchilarning oxirgisidir. U kishi: «Ey Rabbim! Yuzimni do‘zaxdan burgin, chunki uning hidi meni zaharlab, olovi kuydirib yuboradi», deb Allohga xohlaganicha duo qiladi. Keyin Alloh taolo: «Kelajakda senga bularni bersam, undan boshqani so‘ramaysanmi?» desa, u: «Yo‘q! Undan boshqasini so‘ramayman», deydi. Rabbi ahdu paymondan keyin unga xohlaganicha berib, yuzini do‘zaxdan burib qo‘yadi. U kishi jannatga yuzlanib uni ko‘rganda Alloh xohlaganicha sukut qiladi. Keyin: «Ey Rabbim! meni jannat darvozasi tomonga olib bor», deydi. Alloh taolo: «Sen Men bergan narsadan boshqa narsa so‘ramaslikka ahdu-paymon bergan eding-ku, voy bo‘lsin senga, ey odam bolasi! Nima seni aldadi?» desa, u kishi: «Ey Rabbim!» deb duo qiladi. Shunda Alloh taolo u kishiga: «Kelajakda senga uni ham bersam, boshqasini so‘ramaysanmi?» desa, u kishi: «Io‘q! Sening azizliging haqqi, so‘ramayman», deydi. Shunda Alloh taolo unga ahdu-paymon qilganidan keyin so‘ragan narsasini berib, jannat darvozasi tomonga olib boradi. U jannat darvozasi oldida turganida jannat eshigi ochilib, uning ichidagi yaxshilik va xursandchilikni ko‘rganida Alloh xohlaganicha sukut qiladi, keyin: «Ey Rabbim! Meni jannatga kiritgin», deydi. Alloh taolo: «Senga bergan narsamdan boshqa narsa so‘ramaslikka ahdu-paymon qilmaganmiding, ey odam bolasi, voy bo‘lsin, seni nima aldadi?» deydi. U kishi: «Ey Rabbim! Xalqingning eng badbaxti bo‘lmayman», deb duo qilishda bardavom bo‘ladi, hattoki Alloh taolo undan kuladi. Alloh kulib, unga jannatga kir, deydi. Agar jannatga kirsa, Alloh u kishiga: «Orzu qil», deydi. U kishi Rabbidan so‘rab orzu qiladi. Shunda Alloh taolo uni yoki buni orzu qil, deb unga eslatadi. Usha kishining orzulari ushalganida Alloh taolo: «Bu va bu miqdoricha narsa senga», deydi», dedilar. Ato ibn Yazid aytishlaricha, Abu Said al-Xudriy roziyallohu anhu Abu Hurayra roziyallohu anhu bilan birga ekanliklarida, Abu Hurayraning aytgan hadislaridan birortasini rad qilmadilar. Abu Hurayra roziyallohu anhu: «Albatta Alloh taolo bu kishiga: «Buning miqdoricha narsa senga», deb aytdi», deganlarida Abu Said al-Xudriy roziyallohu anhu: «Ey Abu Hurayra! Un barobari senga, degan», deb aytgandilar, Abu Hurayra roziyallohu anhu: «Men faqat «Buning miqdoricha narsa senga», deb aytganlarini eshitganman», dedilar. Abu Said al-Xudriy esa: «Guvohlik beramanki, men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «Buning miqdoricha va bunga o‘n barobari senga», deb aytgan so‘zlarini eshitganman», dedilar. Abu Hurayra roziyallohu anhu: «Mana shu kishi jannat ahlining oxirgisi, ya’ni jannatga kiruvchining oxirgisi», dedilar. Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling