Microsoft Word sahih muslim1 ziyouz com doc
emas.) Uning botini esa Allohga havola kilinur. Hamda zakot va boshqa Islom
Download 493.56 Kb. Pdf ko'rish
|
Imom Muslim. Sahihi Muslim. 1-kitob
emas.) Uning botini esa Allohga havola kilinur. Hamda zakot va boshqa Islom
shiorlarini inkor qilganlarga urush e’lon qilish va imomning Islom rasm-rusm, ibodatlariga ahamiyat berishi haqida 114/1. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vafot etganlaridan keyin Abu Bakr roziyallohu anhu xalifa bo‘ldilar. Abu Bakrning xalifalik paytlarida arablardan kofir bo‘lganlari paydo bo‘ldi. Umar ibn Xattob roziyallohu anhu Abu Bakr roziyallohu anhuga: «Siz qanday qilib urushasizki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Odamlar «La ilaha illalloh», deb aytishmagunicha urushishga buyurildim, kim «La ilaha illalloh», desa, moli va jonini omonda saqlabdi. Lekin Allohning haqqida, ya’ni had va qasoslarda unday emas. Uning hisobi esa (ya’ni, botini) Allohga havoladir», deb aytganlar?!» deganlarida, Abu Bakr roziyallohu anhu: «Alloh nomiga qasamki, kim namoz bilan zakot orasini ajratsa, u bilan urushaveraman. Chunki zakot molning haqqidir. Alloh nomiga qasamki, agar ular Rasululloh sollallohu alayhi vasallam zamonlarida zakot sifatida berayotgan echkilarini man qilishsa ham ularga urush e’lon qilaman», dedilar. Umar ibn Xattob roziyallohu anhu: «Alloh nomiga qasamki, bildimki, Alloh Abu Bakr roziyallohu anhuning qalblarini urushga moyil qilibdi. Va yana bildimki, Abu Bakr roziyallohu anhu haq ekanlar», dedilar. 115/2. Abu Hurayra roziyallohu anhu xabar berishlaricha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Odamlar «La ilaha illalloh», deb aytishmagunicha ular bilan urushishga buyurildim. Kim «La ilaha illalloh», desa, moli va jonini omonda saqlabdi. Lekin molning haqqida (ya’ni, zakotda) bunday emas. Ularning hisobi (ya’ni, botini) Allohga havoladir», dedilar. 116/3. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kishilar «La ilaha illalloh», deb guvohlik bermagunicha hamda menga va men olib kelgan narsaga (ya’ni, risolatga) iymon keltirmagunicha ular bilan urushishga buyurildim. Agar mana shu narsani bajarishsa, qonlari-yu mollarini omonda saqlashibdi. Lekin Allohning haqqida, ya’ni had va qasoslarda bunday emas. Ularning hisobi (ya’ni, botini) Allohga havoladir», dedilar. 117/4. Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Odamlar «La ilaha illalloh», deb aytishmagunicha urushishga buyurildim. Agar «La ilaha illalloh», deb aytishsa, qonlari-yu mollarini omonda saqlashibdi. Lekin Allohning haqqida (ya’ni, had va qasoslarda) bunday emas. Ularning hisobi (ya’ni, botini) Allohga havoladir», deb quyidagi oyatni o‘qidilar: «Zotan, siz faqat bir pand-nasihat qilguvchidirsiz, xolos. Siz ularning ustida zo‘ravonlik bilan hukm yurgizuvchi emassiz» (G’oshiya surasi, 21-22-oyatlar). 118/5. Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Odamlar «La ilaha illalloh va anna Muhammadar rasululloh» shahodatini aytishmagunicha, namozni qoim qilishmagunicha, zakotni berishmagunicha |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling