Microsoft Word sahih muslim1 ziyouz com doc
Download 493.56 Kb. Pdf ko'rish
|
Imom Muslim. Sahihi Muslim. 1-kitob
www.ziyouz.com kutubxonasi
27 to‘xtagandan keyin ichasizlar, siz yoki o‘sha ichganlarning birortasi mast bo‘lganidan jiyani bo‘yniga qilich urib qo‘yishi mumkin», dedilar. Qavmdagi bir kishiga xuddi shunday jarohat yetgan edi. U kishi aytadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan hayo qilib jarohatimni yashirayotgan edim. Keyin: «Ey Allohning rasuli! Unda qanaqa idishda ichaylik?» desam, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Og‘zi mahkamlab bog‘lanadigan teri idishda ichinglar», dedilar». Shunda ular: «Ey Allohning rasuli, yerlarimizda kalamush ko‘p. Birorta ham teri idish butun qolmaydi», deyishganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar kalamush yesa ham, agar kalamush yesa ham, agar kalamush yesa ham, o‘sha teri idishda ichinglar», deb Ashaj Abdulqaysga: «Senda ikki xislat bor, u xislatni Alloh va Uning rasuli yaxshi ko‘radi. O’sha xislat halim va bosiqlikdir», deb aytdilar. Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan. 111/4. Abu Said al-Xudriy xabar berishlaricha, Abdulqays elchilari Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelib: «Ey Allohning nabiyi! Alloh bizni sizga fido qilsin (ya’ni, sizni yomonliklardan saqlasin), biz qaysi idishlarda ichimlik ichsak, yaxshi bo‘ladi?» deyishganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Taxtadan o‘yilgan idishda ichimlik ichmanglar», deb aytdilar. Ular: «Ey Allohning nabiyi! Alloh bizni sizga fido qilsin (ya’ni, sizni yomonliklardan saqlasin), taxtadan o‘yib ishlangan idishni bilasizmi?» deyishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ha, bilaman. U daraxt ildizi bo‘lib, uning o‘rtasi teshib olinadi. Bundan tashqari sizlar qurigan oshqovoq idishi va xurmachalarda ham sharob tayyorlab ichmanglar. Balki og‘zi ip bilan bog‘lanadigan (teridan ishlangan meshlar)da ichinglar», deb aytdilar. 7-bob Download 493.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling