Microsoft Word sahih muslim1 ziyouz com doc
-bob Kim Allohni Rabbim deb, Islomni din deb, Muhammad alayhissalomni rasul deb
Download 493.56 Kb. Pdf ko'rish
|
Imom Muslim. Sahihi Muslim. 1-kitob
11-bob
Kim Allohni Rabbim deb, Islomni din deb, Muhammad alayhissalomni rasul deb rozi bo‘lsa, agar u kabira gunohlarni sodir etgan bo‘lsa ham mo‘min ekani haqida 134/1. Abbos ibn Abdulmuttalib roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: «Kim Allohni Rabb deb, Islomni din deb, Muhammad sollallohu alayhi vasallamni rasul deb rozi bo‘lsa, iymon halovatini topibdi», deb aytganlarini eshitdim». 12-bob Iymon bo‘laklari adadi, o‘sha bo‘laklarning eng afzali va pasti hamda hayoning fazilati va uning iymondan ekani bayoni 135/1. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Iymon yetmishdan ortiq bo‘lakdir. Hayo iymon bo‘laklaridan biridir», dedilar. 136/2. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Iymon yetmishdan yoki oltmishdan ortiq bo‘lakdir. Bularning eng afzali «La Sahihi Muslim (birinchi kitob). Imom Muslim www.ziyouz.com kutubxonasi 34 ilaha illalloh» bo‘lsa, eng pasti odamlar yuradigan yo‘ldan ozor beruvchi narsalarni olib tashlashdir. Hayo ham o‘sha iymon bo‘laklaridan biridir», dedilar. 137/3. Solimning otalaridan qilgan rivoyatlarida aytilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir kishining birodariga hayo haqida va’z qilayotganini eshitdilar. (Ya’ni: «Juda qattiq hayoli bo‘lma! Uzingga qiyin bo‘ladi», derdi.) Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Hayo iymondandir», deb aytdilar. Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan. Faqat «bir kishi», degan so‘z «ansoriy kishi» lafzi ila kelgan. 138/4. Imron ibn Husayn roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu zot: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «Hayo faqat yaxshilik olib keladi», deb aytgan so‘zlarini gapirsalar, Bushayr ibn Ka’b: «Hikmatda yozilishicha, hayoda viqor hamda xotirjamlik bor», deb aytdi. Shunda Imron roziyallohu anhu unga qarata: «Men senga Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning so‘zlarini gapirsam, sen bo‘lsang sahifangdagi narsalarni so‘zlaysan-a», dedilar. 139/5. Abu Qatoda aytdilar: «Biz bir nechta kishi Imron ibn Husayn huzurlarida edik. Ichimizda Bushayr ibn Ka’b ham bor edi. Shu payt Imron: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Hayoning hammasi yaxshilik», deganlar», deb aytsalar, Bushayr ibn Ka’b: «Ba’zi kitob yoki hikmatda ko‘rganmizki, hayoda Alloh uchun viqorli va xotirjam bo‘lish bor hamda unda zaiflik ham bor», dedi. Imronning Bushayr aytgan so‘zga achchiqlari keldi, hatto ikki ko‘zlari qizarib ketdi. Imron: «Men senga Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytgan so‘zlarini zikr qilsam, sen unga qarshi bo‘lmoqdasan», dedilar. Keyin yana Imron shuni aytsalar, Bushayr ham o‘z so‘zini gapirdi. Imronning yana achchiqlari chiqdi. Shunda biz: «Ey Abu Nujayd (ya’ni, Imron), Bushayr bizdan (ya’ni, musulmon), uning zarari yo‘q (ya’ni, u munofiq ham, zindiq ham emas)», deb aytdik». Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan. Download 493.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling