Sahihi Muslim (birinchi kitob). Imom Muslim
www.ziyouz.com kutubxonasi
35
142/2. Abdulloh ibn Amr ibn Oss aytdilar: «Bir kishi Rasululloh
sollallohu alayhi
vasallamdan: «Musulmonlarning qaysi biri yaxshiroq?» deb so‘raganida, u zot:
«Musulmonlar uning tili va qo‘lidan omonda bo‘luvchi kishi yaxshiroqdir», dedilar».
143/3. Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Musulmonlar uning tili va qo‘lidan omonda bo‘lgan kishi (haqiqiy) musulmondir»,
dedilar.
144/4. Abu Muso roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Men: «Ey Allohning rasuli!
Islomdagi qaysi amal afzal?» desam, u zot: «Musulmonlar uning tili va qo‘lidan omonda
bo‘lgan kishi afzal», deb aytdilar.
Bu yerda
yuqoridagi hadis takror kelgan, faqat: «Rasulullohdan (s.a.v.)
qaysi
musulmonlar afzal deb so‘ralganida», bo‘lib kelgan.
15-bob
Iymon halovatini topish bilan sifatlangan kishining xislatlari bayoni
145/1. Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Kimda uch xislat bo‘lsa, iymon halovatini topibdi: 1. Alloh va Uning rasuli boshqa
narsalardan mahbub bo‘lsa. 2. Bir kishini Alloh roziligi uchun yaxshi ko‘rsa. 3.
Alloh uni
kofirlikdan qutqarganidan keyin unga qaytishni xuddi olovga tashlanishni yomon
ko‘rganidek yomon ko‘rsa», deb aytdilar.
146/2. Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Uchta xislat borki, ular kimda bo‘lsa, iymon lazzatini topibdi: 1.
Biror kishini faqat Alloh
uchun yaxshi ko‘rsa. 2. Alloh va Uning rasuli boshqa narsalardan sevimli bo‘lsa. 3. Alloh
uni kufrdan qutqarganidan keyin yana kofirlikka qaytmog‘idan ko‘ra olovga tashlanishni
afzalroq deb bilsa», dedilar.
Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan, lekin «kufrlikka qaytmog‘idan», degan so‘z
o‘rniga «yahudiy va nasroniylikka qaytmog‘idan» bo‘lib kelgan.
Do'stlaringiz bilan baham: