Microsoft Word sahih muslim1 ziyouz com doc
-bob Iymon ahlidan birining boshqasidan afzalligi, Yaman ahlining iymoni
Download 493.56 Kb. Pdf ko'rish
|
Imom Muslim. Sahihi Muslim. 1-kitob
21-bob Iymon ahlidan birining boshqasidan afzalligi, Yaman ahlining iymoni
esa boshqa iymondan afzalligi haqida 157/1. Abu Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Yaman tomonga qo‘llari bilan ishora qilib: «Ogoh bo‘ling, albatta iymon bu tomonda, qalbi qattiq, bag‘ritoshlar esa tuya-otlarini boqib, ovozini balandlatib haydab yuruvchilardir. Shaytonning ikki shoxi Rabiy’a va Muzar qabilasi tomondan chiqadi», deb aytdilar. (Ya’ni, Rabiy’a va Muzar qabilasi mashriq tomondadir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hadislarining birida «Kufrning boshi mashriq tomonda», deb aytganlar). 158/2. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Yaman ahli keldi. Ular qalbi eng muloyim kishilardir. Iymon yamanliklarda, fiqh yamanliklarda va hikmat yamanliklarda», deb aytdilar. Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan. 159/3. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Huzuringizga Yaman ahli kelishadi. Ularning qalbi nozik, tabiatlari muloyim, fiqh va hikmat ham o‘shalarda», deb aytdilar. Sahihi Muslim (birinchi kitob). Imom Muslim www.ziyouz.com kutubxonasi 38 160/4. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kufrning boshi mashriq tomonda. Faxrlanish va gerdayish ot va tuyalarni boquvchi, ovozini balandlatib (ularni) haydab yuruvchi badaviylarda. Xotirjamlik va yumshoqlik qo‘y boquvchilarda», deb aytdilar. 161/5. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Iymon yamanliklarda, kufr mashriq tomonda, xotirjamlik qo‘y boquvchilarda, faxrlanish va riyo ot boquvchi, ovozini balandlatib haydab yuruvchi badaviylarda», deb aytdilar. 162/6. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Faxrlanish va gerdayish tuya va otlarni boqib, ovozini balandlatib yuruvchi badaviylarda, xotirjamlik esa qo‘y boquvchilarda», deb aytdilar. Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan. 163/7. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: «Yaman ahli keldi. Ularning tabiatlari muloyim, qalblari nozikdir. Iymon yamanliklarda, hikmat yamanliklarda, xotirjamlik qo‘y boquvchilarda, faxrlanish va gerdayish kun chiqar tomondagi ot va tuya boquvchi badaviylarda», deb aytdilar. 164/8. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlarga Yaman ahli keladi. Ular ko‘ngilchan, tabiatlari nozik. Iymon yamanliklarda, hikmat yamanliklarda, kufrning boshi esa mashriq tomonda», deb aytdilar. Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan. Lekin «kufrni boshi mashriq tomonda», degan so‘z yo‘q. A’mash yuqoridagi sanad bilan Jarirning hadisiga o‘xshab keltirgan va «Faxr va gerdayish tuya boquvchilarda, xotirjamlik hamda viqor qo‘y boquvchilarda» lafzini ziyoda qilgan. 165/9. Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bag‘ritoshlik va qo‘pollik mashriq tomonda, iymon Hijoz ahlida», deb aytdilar. Download 493.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling