Microsoft Word sahih muslim1 ziyouz com doc
Download 493.56 Kb. Pdf ko'rish
|
Imom Muslim. Sahihi Muslim. 1-kitob
www.ziyouz.com kutubxonasi
32 130/8. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Biz Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan o‘tirgan edik. Biz bilan Abu Bakr roziyallohu anhu, Umar roziyallohu anhu va bir necha sahobalar ham bor edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam oldimizdan turdilar-da, hayallab ketdilar. Biz bir-birimizdan judo bo‘lib qolarmikinmiz, deb xavfsiradik. Qo‘rqib o‘rnimizdan turdik. Men birinchi bo‘lib qo‘rqdim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni axtarib chiqdim. Yura-yura ansoriylardan birining bog‘iga yetdim. U (bog‘) Bani Najjorga tegishli ekan. Uning atrofida eshik bormikan, deb aylandim, lekin eshik topa olmadim. Bog‘ tashqarisidagi quduqdan bog‘ ichiga oqib kirayotgan ariqchani ko‘rdim. U yerdan xuddi tulki kabi sirg‘alib kirib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga bordim. U zot: «Abu Hurayramisan?» dedilar. Men: «Ha, ey Allohning rasuli», dedim. U zot: «Nimaga kelding?» dedilar. Men: «Siz oramizda o‘tirib, keyin tez qaytib kelavermaganingizdan sizni yo‘qotib qo‘ydikmi, deb qo‘rqib ketdik. Birinchi qo‘rqqan kishi men bo‘ldim. Mana shu boqqa keldim. Va xuddi tulkiday sirg‘alib kirdim. Anavi kishilar ham orqamda turishibdi», dedim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ikki kavushlarini berib: «Ey Abu Hurayra, kavushimni olgin-da, bog‘ tashqarisida Alloh taoloning yakkayu-yagonaligiga chin qalbdan ishonib guvohlik bergan kishiga jannat xushxabarini yetkaz», dedilar. Birinchi yo‘liqqan kishim Umar bo‘ldilar. U zot: «Ey Abu Hurayra, bu ikki kavushni nimaga olib yuribsan?» dedilar. Men: «Bu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning kavushlari, u zot ikki kavushlarini berib: «Io‘lda kimni uchratsang, o‘sha kishi qalbdan ishonib «Allohdan boshqa iloh yo‘q», deb guvohlik bersa, unga jannatga kirishi xushxabarini yetkaz», deb aytdilar», desam, Umar roziyallohu anhu ko‘kragimga qo‘llari bilan urdilar. Shunda men ketim bilan yiqilib tushdim. Umar roziyallohu anhu: «Ey Abu Hurayra, orqangga qayt», dedilar. Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga yig‘lamsirab, xo‘rsingan holatda qaytib bordim. Umar roziyallohu anhu esa izimdan ergashib keldilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam mendan: «Ey Abu Hurayra, senga nima bo‘ldi?» deb so‘radilar. Men: «Umar roziyallohu anhuga yo‘liqib siz yuborgan narsani aytsam, u kishi ko‘kragimga qattiq urdilar. Men ketim bilan yiqilib tushdim. Va yana orqangga qayt, dedilar», deb aytdim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ey Umar! Nima bunday qilishga majbur etdi?» dedilar. Umar roziyallohu anhu: «Ota-onam sizga fido bo‘lsin, Abu Hurayraning qo‘liga kavush berib: «Kimga yo‘liqsang, o‘sha kishi qalbi bilan ishongan holda, sidqidildan Allohdan boshqa iloh yo‘q, deb guvohlik bersa, jannatga kirishi xushxabarini bergin», deb siz aytdingizmi?» deganlarida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ha, men aytdim», dedilar. Shunda Umar roziyallohu anhu: «Bunday qilmang, chunki odamlar shu narsaga suyanib, amal qilmay qo‘yishlaridan qo‘rqaman. Ularni shundayligicha qoldiring, amal qilaversinlar», deganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ularni shundayligicha qoldir», dedilar». 131/9. Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Muoz ibn Jabal bilan bir ulovga mingashib ketayotib: «Ey Muoz», dedilar. Muoz: «Labbay, ey Rasululloh, amringizga muntazirman», dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ey Muoz», dedilar. Muoz: «Labbay, amringizga muntazirman», dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ey Muoz», dedilar. Muoz: «Labbay, amringizga muntazirman», dedilar. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Qaysi bir banda Allohdan boshqa iloh yo‘qligiga, albatta Muhammad (alayhissalom) Uning quli va rasuli ekaniga sidqidildan guvohlik bersa, Alloh unga do‘zaxni harom qiladi», dedilar. Muoz: «Ey Allohning rasuli, bu haqda odamlarga xabar beraymi? Ular bu bilan xursand bo‘lishadi», deganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «(Io‘q), buning xabarini |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling