Microsoft Word sahih muslim1 ziyouz com doc


Download 493.56 Kb.
Pdf ko'rish
bet23/150
Sana08.11.2023
Hajmi493.56 Kb.
#1756699
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   150
Bog'liq
Imom Muslim. Sahihi Muslim. 1-kitob

 
 


Sahihi Muslim (birinchi kitob). Imom Muslim 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
24
4-bob Jannatga kirishga sabab bo‘luvchi iymon hamda buyurilgan narsani 
mahkam tutgan kishining jannatga kirishi haqida 
99/1. Abu Ayub roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bir a’robiy kishi Rasululloh 
sollallohu alayhi vasallam safardaliklarida ro‘paralariga chiqib, tuyalari tizginini (yoki 
jilovini) ushlaganicha: «Ey Allohning rasuli (yoki ey Muhammad), jannatga 
yaqinlashtirib, do‘zaxdan uzoqlashtiradigan amal haqida menga xabar bering», dedi. 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uni gapirishdan to‘xtatdilar. Keyin sahobalariga 
qarab: «Haqiqatda (foydali savol berishga) muvaffaq etildi yoki hidoyat qilindi», dedilar-
da, unga qarab: «Nima deding?» dedilar. U avvalgi gapini qaytargan edi, Rasululloh 
sollallohu alayhi vasallam: «Allohga ibodat qilasan, Unga hech narsani sherik qilmaysan
namozni ado etasan, zakotni berasan va qarindosh-urug‘ rishtalarini tiklaysan, endi 
tuyaning jilovini qo‘yib yubor», dedilar. 
Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan. 
100/2. Abu Ayub roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasululloh sollallohu 
alayhi vasallam huzurlariga kelib: «Ey Allohning rasuli! Meni bir amalga dalolat qilingki, 
uni qilsam, jannatga yaqinlashtirib, do‘zaxdan uzoq qilsin», deganida, Rasululloh 
sollallohu alayhi vasallam: «Allohga biror narsani sherik etmay ibodat qilasan, namozni 
qoim qilasan, zakot berasan va qarindosh-urug‘ rishtalarini tiklaysan», dedilar. Bu kishi 
orqasiga qaytib ketganida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar buyurilgan 
narsani mahkam ushlasa, jannatga kiradi», dedilar. 
Ibn Abu Shaybaning rivoyatlarida «Agar uni mahkam ushlasa» bo‘lib kelgan. 
101/3. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bir a’robiy Rasululloh sollallohu 
alayhi vasallam huzurlariga kelib: «Ey Allohning rasuli! Meni bir amalga yo‘llab qo‘yingki, 
agar uni qilsam, jannatga kirayin», deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Allohga biror narsani sherik etmasdan ibodat qilasan, farz namozlarini o‘qiysan, farz 
qilingan zakotni ado etasan va ramazon oyi ro‘zasini tutasan», dedilar. Shunda u kishi: 
«Jonim Uning yadida bo‘lgan Zotga qasamki, bu aytilgan narsalardan oshirib ham, 
kamaytirib ham yubormayman», dedi. U kishi orqasiga qaytib ketganida, Rasululloh 
sollallohu alayhi vasallam: «Kimni jannat ahlidan bo‘lgan kishiga qarash xursand qilsa, 
mana bu kishiga nazar solsin», dedilar. 
102/4. Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Nu’mon ibn Qavqal Rasululloh 
sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelib: «Ey Allohning rasuli! Nima deysiz, agar farz 
namozlarini o‘qisam, harom narsalarni harom, halol narsalarni halol deb bilsam, 
jannatga kiramanmi?» deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ha», dedilar. 
Bu yerda yuqoridagi hadis takrorlanib, «Bunga biror narsani qo‘shmayman» lafzi ziyoda 
qilingan. 
103/5. Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallamdan: «Nima deysiz, agar farz namozlarini o‘qisam, ramazon ro‘zasini tutsam, 
halol narsalarni halol, harom narsalarni harom deb bilsam va bunga bironta narsani 
ziyoda qilmasam, jannatga kiramanmi?» deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 


Sahihi Muslim (birinchi kitob). Imom Muslim 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
25
«Ha», dedilar. Shunda u kishi: «Allohga qasamki, bunga biror narsani ziyoda 
qilmayman», dedi. 

Download 493.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling