Microsoft Word sahih muslim1 ziyouz com doc
-bob Islom arkonlarini so‘rash xususida
Download 493.56 Kb. Pdf ko'rish
|
Imom Muslim. Sahihi Muslim. 1-kitob
3-bob Islom arkonlarini so‘rash xususida
98/1. Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Biz Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan (zaruratsiz har xil) narsalarni so‘rashdan man etildik. Sahro ahlidan biror aqlli kishining kelib, ba’zi narsalarni so‘rashi bizga yoqar edi. Biz esa savol-javobni eshitib olar edik. Bir kuni sahro ahlidan bir kishi kelib: «Ey Muhammad! Sening elching biz tomonlarga borib, seni Alloh yuborganini aytyapti», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «To‘g‘ri so‘zlabdi», dedilar. U kishi: «Unda osmonni kim yaratgan?» dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh», dedilar. U: «Yerni kim yaratgan?» dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Alloh», dedilar. U: «Bu tog‘larni o‘rnatib, undagi narsalarni paydo qilgan kim?» dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh», dedilar. U: «Yeru-osmonni yaratib, bu tog‘larni o‘rnatgan Alloh seni payg‘ambar etib yubordimi?» dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ha», dedilar. U: «Seni elching (bizning huzurimizga kelib) har kecha va kunduzda besh vaqt namoz o‘qishning xabarini bermoqda», deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «To‘g‘ri aytibdi», dedilar. U: «Seni payg‘ambar qilib yuborgan Zotga qasamki, Alloh senga mana shu narsalarni buyurdimi?» deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ha», dedilar. U: «Sening elching bizga mollarimizdan zakot berish vojibligini aytyapti», deganida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «To‘g‘ri aytibdi», dedilar. U: «Seni payg‘ambar qilib yuborgan Zotga qasamki, Alloh senga bu narsani buyurdimi?» deganida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ha», dedilar. U: «Sening elching (bizning huzurimizga kelib) har yili ramazon oyi ro‘zasini tutishni aytmoqda», deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «To‘g‘ri aytibdi», dedilar. U: «Seni payg‘ambar qilib yuborgan Zotga qasamki, Alloh senga mana shu narsalarni buyurganmi?» deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ha», dedilar. U: «Sening elching (bizning huzurimizga kelib) yo‘l (mashaqqatlarini ko‘tarish)ga qodir bo‘lgan kishi haj qilishini aytmoqda», deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «To‘g‘ri aytibdi», dedilar. Keyin u kishi: «Seni haq bilan yuborgan Zot (Alloh)ga qasamki, men bu narsalarga qo‘shmayman ham, kamaytirmayman ham», dedi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar rost gapirayotgan bo‘lsa, albatta jannatga kiradi», dedilar». Anas roziyallohu anhu: «Biz Qur’onda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan har xil narsalarni so‘rayverishdan man qilingan edik», deb yuqoridagi hadisni davom ettirdilar. Download 493.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling