Microsoft Word sahih muslim1 ziyouz com doc
Download 493.56 Kb. Pdf ko'rish
|
Imom Muslim. Sahihi Muslim. 1-kitob
www.ziyouz.com kutubxonasi
22 Lekin rivoyatlarida «Agar cho‘ri o‘z xo‘jayinini tug‘ib bersa», deb arabcha kalimadagi «Robba» o‘rniga «Ba’la» so‘zi bilan keltirilgan. 96/5. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Mendan (xohlagan) narsalaringizni so‘ranglar», deganlarida, sahobalar so‘rashdan hayiqishdi. Shunda bir kishi kelib, u zotning tizzalari yaqinida (ya’ni, ro‘paralarida) o‘tirib: «Ey Allohning rasuli, Islom nima?» dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohga biror narsani sherik qilmasliging, namozni ado etishing, zakot berishing va ramazon ro‘zasini tutishing», degan edilar, u kishi: «Rost aytdingiz», dedi- da, yana: «Ey Allohning rasuli, iymon nima?» dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohga, farishtalariga, kitoblariga, Allohga yo‘liqishga, payg‘ambarlariga, qayta tirilishga va taqdirning barchasiga (ya’ni, yaxshi-yu yomoniga) ishonishing», deb aytdilar. U kishi: «Rost so‘zladingiz», deb yana: «Ey Allohning rasuli, ehson nima?» dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohdan go‘yo ko‘rib turgandek qo‘rqishing. Agar sen Uni ko‘rmayotgan bo‘lsang, albatta U seni ko‘rib turibdi», dedilar. U kishi: «Rost gapirdingiz», deb yana: «Qiyomat qachon qoim bo‘ladi?» dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «So‘ralayotgan kishi so‘raguvchidan ortiq bilmaydi. Men senga uning alomatlarini gapirib beraman. Agar xotin o‘z xo‘jayinini tuqqanini ko‘rsang, qiyomat alomatlaridandir. Agar yalangoyoq, yalang‘och, kar, soqov (ya’ni, johil, esi past) kishilarning yerda hukmron bo‘lganini ko‘rsang, bu ham qiyomat alomatlaridandir. Podachi-cho‘ponlarning imoratni (kim o‘zarga) baland qilib qurishlarini ko‘rishing ham qiyomat alomatlaridandir. Qiyomat beshta g‘ayb (yashirin) narsa ichidaki, u narsalarni faqat Allohning Uzi biladi», deb quyidagi oyatni o‘qidilar: «Darhaqiqat, yolg‘iz Allohning huzuridagina (qiyomat) soati (qachon bo‘lishi to‘g‘risidagi) bilim bordir. U (Uzi xohlagan vaqtda, Uzi xohlagan joyga) yomg‘ir yog‘dirur va (onalarning) bachadonlaridagi homilalarini (o‘g‘ilmi-qizmi, rasomi-nuqsonlimi, baxtlimi-baxtsizmi ekanini) bilur. Biron jon ertaga nima ish qilishini bila olmas. Biron jon qay yerda o‘lishini ham bila olmas. Faqat Allohgina bilguvchi va ogohdir» (Luqmon surasi, 34-oyat). Keyin haligi kishi o‘rnidan turib chiqib ketdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Uni huzurimga qaytarib kelinglar», degan edilar, sahobalar axtarib chiqib topa olishmadi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bu kishi Jabroildirlar. Sizlar so‘ramaganingiz uchun ta’lim olishingizni xohlab (kelgan edilar)», deb aytdilar. Download 493.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling