Microsoft Word sanoat mahsulotlarining raqobatbardoshligini oshirish muammolari
Muammoning o’rganilganlik darajasi
Download 315.24 Kb.
|
pdf (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bitiruv malakaviy ishining maqsadi va vazifalari.
Muammoning o’rganilganlik darajasi.
Mamlakatimizda va xorijiy mamlakatlardagi yetakchi iqtisodchi olimlar mazkur masala bo’yicha qator tadqiqotlarni amalga oshirganlar. Jumladan, iqtisodchi olimlardan M.Al’bert, F.Xedouri, V.Kim, R.Rumyantseva, V.CHjen, S.G’ulomov, M.SHarifxo’jaev, V.SHepelev, M.Rasulov, T.SHarifulina, V.Peznev, SH.Karmisheva, E.Maxmudov, SH.Zaynitdinov, P.Tursunxojaev, A.Ortiqov, A.Utkin, G.Savitskaya, N.Zaytsev, V.Dubrovskiy, F.Ahmedov, A.O’razbekov va boshqalar ushbu soha rivoji bo’yicha qator ishlarni bajarganlar va ma’lum darajada iqtisodiy samaraga erishganlar. Amalga oshirilgan tadqiqotlar va izlanishlarda mazkur masalaga ham katta e’tibor qaratilgan. Ayniqsa, hozirgi iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitini hisobga olgan holda ushbu masala yanada jiddiy e’tibor qaratishni talab etadi. Muammoning hozirgi vaqtda dolzarbligini inobatga olib, uni bitiruv malakaviy ishiga mavzu sifatida qabul qilindi, quyidagi maqsad va vazifalar belgilandi. Bitiruv malakaviy ishining maqsadi va vazifalari. Bitiruv malakaviy ishining maqsadi hozirgi iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida sanoat korxonalarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini va raqobatbardoshligini oshirish, bunday turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish hamda shu orqali sanoat korxonalari faoliyatini jadal rivojlantirish bo’yicha ilmiy asoslangan takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir. Ushbu maqsadga erishish uchun bitiruv malakaviy ishida quyidagi vazifalar belgilab olindi: Mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda sanoatning o’ziga xos o’rni va va tashkiliy-huquqiy asoslarini nazariy jihatdan yoritib berish; Sanoat korxonalarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirish va unga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash; “MEXMASH” MCHJ ning moliya-xo’jalik faoliyati va asosiy iqtisodiy ko’rsatkichlarini tahlil qilish; “MEXMASH” MCHJ da ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar raqobatbardoshlik holatini o’rganish; Sanoat mahsulotlari raqobatbardoshligini oshirishda ilm-fan va yangi samarali texnika-texnologiyalardan samarali foydalanish hamda amaliyotga joriy etish; Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida sanoat korxonalari mahsulotlari raqobatbardoshligini oshirishda ilg’or zamonaviy texnologiyalardan foydalanishni joriy etish va hokazo. Download 315.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling