Microsoft Word sanoat mahsulotlarining raqobatbardoshligini oshirish muammolari
Sanoat korxonalarida mahsulotlar ishlab chiqarishda
Download 315.24 Kb.
|
pdf (2)
1.2. Sanoat korxonalarida mahsulotlar ishlab chiqarishda
raqobatbardoshlik va unga ta’sir etuvchi omillar Bozor iqtisodiyoti rivojlanib borishi bilan raqobatchilik munosabatlari ham takomillashib, o’z shakllarini o’zgartirib boradi. Mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov raqobatning bozor iqtisodiyotidagi ahamiyatini ko’rsatib, «Raqobat bo’lmasa, bozor iqtisodiyotini barpo etib bo’lmaydi. Raqobat - bozorning asosiy sharti, aytish mumkinki, uning qonunidir», deb ta’kidlaydi.2 Raqobat ko’p qirrali iqtisodiy hodisa bo’lib, u bozorning barcha sub’ektlari o’rtasidagi murakkab munosabatlarni ifodalaydi. Raqobat – bozor sub’ektlari iqtisodiy manfaatlarining to’qnashuvidan iborat bo’lib, ular o’rtasidagi yuqori foyda va ko’proq naflilikka ega bo’lish uchun kurashni anglatadi. Raqobatning mazmuni uning vazifalarini ko’rib chiqish orqali yanada kengroq namoyon bo’ladi. Hozirgi bozor iqtisodiyotida raqobatning quyidagi asosiy vazifalarini ajratib ko’rsatish mumkin: tartibga solish vazifasi; resurslarni joylashtirish vazifasi; innovatsion vazifa; moslashtirish vazifasi; 5) taqsimlash vazifasi; 6) nazorat qilish vazifasi. Raqobatning tartibga solish vazifasi ishlab chiqarishni talab (istehmol)ga muvofiqlashtirish maqsadida taklifga ta’sir o’tkazishdan iborat. Aynan shu vazifa yordamida iqtisodiyotda taklifning talab orqali, ishlab chiqarish tarkibi va hajmining yakka tartibdagi va ijtimoiy ehtiyojlar orqali belgilanishiga erishiladi, ya’ni iqtisodiyot bozor qonunlari asosida tartibga solinadi. Raqobatning resurslarni joylashtirish vazifasi ishlab chiqarish omillarini ular eng ko’p samara beradigan korxona, hudud va mintaqalarga oqilona joylashtirish imkonini beradi. Raqobatning innovatsion vazifasi fan-texnika taraqqiyoti yutuqlariga asoslanuvchi hamda bozor iqtisodiyoti sub’ektlarining rivojlanishini taqozo etuvchi turli ko’rinishdagi yangiliklarning joriy etilishini anglatadi. Raqobatning moslashtirish vazifasi korxona (firma) larning ichki va tashqi muhit sharoitlariga ratsional tarzda moslashishiga yo’naltirilgan bo’lib, ularning shunchaki o’zini-o’zi saqlab, iqtisodiy jihatdan yashab qolishidan xo’jalik faoliyati sohalarining ekspansiyasi (kengayishi)ga o’tishini bildiradi. Raqobatning taqsimlash vazifasi ishlab chiqarilgan nehmatlar yalpi hajmi (yalpi ichki mahsulot)ning istehmolchilar o’rtasida taqsimlanishiga bevosita va bilvosita ta’sir o’tkazadi. Nihoyat, raqobatning nazorat qilish vazifasi bozordagi bahzi ishtirokchilarning boshqa bir ishtirokchilar ustidan monopolistik hukmronlik o’rnatishiga yo’l qo’ymaslikka yo’naltiriladi. Bozor raqobati qanday xususiyatga ega? Birinchi navbatda, rivojlangan bozorda raqobat istehmolchilar o’rtasida emas, balki tovarlar va xizmatlarni sotuvchilar o’rtasida ham yuz berib, ular ham istehmolchilar singari foyda olish uchun harakat qiladilar. Ammo ishlab chiqaruvchining shaxsiy foydani ko’zlashi, raqobat bo’lganda yuqori raqobatbardoshlikka erishishi, moddiy texnika, moliya va mehnat resurslaridan samarali foydalanishi umuman olganda jamiyat manfaatlariga mos keladi, chunki resurslar har qanday jamiyatda cheklangan bo’ladi. Raqobat maxsulot birligiga mehnat sarfini kamaytirishga, eng mukammal texnologiyalarni ishlab chiqarish va joriy etishga, maxsulot sifatini yaxshilash va narxini pasaytirishga rag’bat beradi. Umumiy shaklda raqobatni uch turga (1.2.1-rasm) ajratish mumkin, ya’ni: sotuvchilar o’rtasidagi raqobat; xaridorlar o’ratsidagi raqobat; sotuvchilar va xaridorlar o’ratasidagi raqobat. Download 315.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling