Saylanma.
Abdulla Oripov
www.ziyouz.com kutubxonasi
18
U ham o‘lja izlab tuban boqadi.
Bu-ku,
tabiatda qonundir azal,
Foydasiz bu yerda axtarsang masal.
Lekin olamda bor o‘zga bir holat
Uni
sharh etolmas hech kimsa, hech vaqt.
Oh, faqat odamzod - farzandi bashar.
Bir-birin mahv etish qasdida yashar.
1982
NIYAT
Magar kelganda ham qiyomat qoyim,
Yor bo‘lsin yigitga niyati doim.
Tabarruk
keksaning gapin eshitdim,
Boshing toshdan bo‘lsin, derdi, iloyim.
Dilovar dardida tortdim uzangi,
Men
kim deb ado-yu, kimdir adoyim.
Gohida safardosh bo‘ldim g‘animga,
Sodiq do‘st topolmay qaytganda royim.
Boshimga chiqdi goh poyim to‘zoni,
Ulug‘lar qoshida goh bo‘ldi joyim.
Qismat qahr bilan yo‘lim poyladi,
Agarchi, baxt menga boqdi muloyim.
1982
* * *
Zamin aylanadi,
chiqadi quyosh
Hargiz kibr bilan ko‘tarmagin bosh.
Oyoq ostingdagi xarsangni tepma,
Balki haykal bo‘lar senga o‘sha tosh.
1982
* * *
Sizga tilaklarim bir jahon bo‘lsin,
Boshingiz oftobli osmon bo‘lsin.
Kunduzning g‘aroyib chog‘idir oqshom,
Saodat birla u nurafshon bo‘lsin.
1982
EPIGRAMMA
Sen o‘lsang nimangni ko‘mamiz ekan,
Shuni o‘ylab qoldik bilonihoya...
Saylanma. Abdulla Oripov
www.ziyouz.com kutubxonasi
19
Sen axir jismi yo‘q ko‘lankadirsan,
Sen axir birovdan tushgan bir soya.
1982
Do'stlaringiz bilan baham: