Microsoft Word saylanma abdulla oripov ziyouz com doc


Download 281.28 Kb.
Pdf ko'rish
bet44/84
Sana14.07.2023
Hajmi281.28 Kb.
#1660215
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   84
Bog'liq
Abdulla Oripov. Tanlangan asarlar. 2-jild. She\'rlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
69
Inson-chi, to hanuz yovuz va g‘addor, 
Bir-birin tinimsiz tortadi chohga. 
Bundayin qismatga ko‘nikmoq dushvor 
Netay, hasratimni deyman Allohga. 
ONA 
Ka’ba qopqasida turgan, ey posbon
Avval onalarning ochgin yo‘llarin. 
Onalar poyiga tiz cho‘k o‘shal on, 
Tavof qil, ko‘zga surt, o‘pgin qo‘llarin. 
Hojar onamizning nidosi sabab 
Ka’bada ko‘z ochgan Obi Zam-zam ham. 
Bir umr talpinmish onaga qarab, 
Ne-ne payg‘ambarlar ko‘zlarida nam. 
Qavmimni ranjitib qo‘ymayin, ammo 
Tobut yasab kelgan er zoti doim. 
Onalar bag‘riga faqat beshik jo
Hayotbaxsh allalar aytgan, muloyim. 
Sho‘rlik odamzodning tolei uchun 
Eng avval onalar qilsin ibodat. 
Zora, gunohlardan pok bo‘lgay ochun, 
Onalar o‘tinchi topib ijobat. 
Ka’ba qopqasida turgan, ey posbon, 
Avval onalarning ochgin yo‘llarin. 
Onalar poyiga tiz cho‘k o‘shal on, 
Tavof qil, ko‘zga surt, o‘pgin qo‘llarin 
AROFAT 
Arofat tog‘ining etaklarida 
Ko‘rdim qiyomatning alomatlarin. 
Hamma bir xil libos - ehrom sarida, 
Qaytadan varaqlar umr daftarin. 
Yo‘qdir birov bilan birovning ishi, 
Ayqash-uyqash bo‘lmish yer bilan osmon. 
Har kimning ichida dardi, tashvishi, 
Shukrona aytmasang osiysan shu on. 
Majruh boladan to munkillagan chol, 
Labbayka, Alloh, deb qilar iltijo. 
Kimdir tashnalikdan ingraydi behol, 
Kimningdir hayoti shul yerda ado. 


Saylanma. Abdulla Oripov 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
70
Namoz vaqti kelar, tumonat muslim 
Sajdaga egilar, ko‘zda jiqqa yosh. 
Men ham safim bilan tiz cho‘kaman jim, 
Balki men ham qayta ko‘tarmasman bosh... 
Qiyomat nima deb so‘rama endi, 
Uning bir sahnasin ko‘rsatdi Alloh. 
Sho‘r dengiz tonggacha qaynadi, tindi, 
Sinovdan o‘tganim rost bo‘lsin, valloh! 
HAYOT HAQIQATI 
Umrning yarmini o‘tdik amallab, 
Qolgan yarmiga ham podshodir xudo. 
Faqat ayriliqdan asragin, yo Rabb 
Do‘stu yoronlardan qilmagin judo. 
G‘animlar makrini o‘ylasang agar 
Dunyodan yashamay ketgan yaxshiroq. 
Ba’zan dil uyingni aylar munavvar 
Yetti yot begona yoqqan bir chiroq. 
Muhtoj bo‘lganingda silaydi boshing 
O’zi muhtoj bo‘lgan tanti mardumlar. 
O’lim tilaganda tirik safdoshing, 
Hayotga qaytarar seni marhumlar. 
HOJILAR 
Halollik Islomda eng oliy matlab, 
To‘g‘rilik Muslimning asl gultoji. 
Bir kuni o‘rtada Shayton oralab, 
Hojining hamyonin urdi-ku hoji. 
Qaysi bir o‘lkadan kelgan keksa chol
Bor-yo‘q bisotidan bo‘ldi mosuvo. 
Ne qilsin? Chorasiz tura berdi lol, 
Dilida shukrona, tilida duo. 
O’g‘ri hoji esa mamnun ishidan, 
Tinmayin sajdaga egilar boshi. 
Nobakor bandaning bu qilmishidan 
Badtarroq qoraydi Ka’baning toshi! 
* * * 
Ehrom kiyib olgan ikki musulmon 
Bir-birin so‘kishib choy talashardi. 


Saylanma. Abdulla Oripov 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
71
Asli bilmasdilar, shu zum ikkovlon 
Do‘zaxning tubidan joy talashardi. 
* * * 
Kezib bu shaharni balki horgaysan 
Va lekin Allohga diling yorgaysan. 
Adasha-adasha Makkani topding, 
Endi adashsang gar qayga borgaysan. 

Download 281.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling