Microsoft Word saylanma abdulla oripov ziyouz com doc


Download 281.28 Kb.
Pdf ko'rish
bet55/84
Sana14.07.2023
Hajmi281.28 Kb.
#1660215
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   84
Bog'liq
Abdulla Oripov. Tanlangan asarlar. 2-jild. She\'rlar

MEN KIMGA SUYANGUM 
Bir kun savol berdi yoshgina o‘g‘lon: 
- Nechun Allohim deb yig‘laysiz nolon. 
Dedim, javobimdan bo‘lmagin hayron, 
Men kimga suyangum Allohdan boshqa. 
Tinimsiz aldasa muhit, makoning, 
Tortsa oyog‘ingdan do‘stu yoroning. 
Shunday o‘tar bo‘lsa har zum, har oning, 
Men kimga suyangum Allohdan boshqa. 
Noshukur emasman dunyoda garchand
Qaydadir menga ham bor balki dilband 
Va lekin tiriklay kuydirsa farzand, 
Men kimga suyangum Allohdan boshqa. 
Insofu ishonch ham shirin so‘z bari, 
Tiriklik toshqindir yoki ko‘pkari. 
To hayot ekansan qochgaydir nari, 
Men kimga suyangum Allohdan boshqa. 
Shunchalar kaj erur dunyoi gardun
Undan diyonatni axtarmoq nechun, 
Padar shod o‘z o‘g‘lin bag‘rin etsa xun, 
Men kimga suyangum Allohdan boshqa. 
Mingta ko‘z poylaydi bitta joningni, 
Joningmas, martabang, balki shoningni
O’t qo‘ymay yoqarlar xonumoningni, 
Men kimga suyangum Allohdan boshqa. 


Saylanma. Abdulla Oripov 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
89
Bu ko‘hna dunyoda yashadim nega, 
Yaydoq ot misoli bo‘ldim beega. 
Malomat qilurman, olomon, senga: 
Men kimga suyangum Allohdan boshqa. 
Mendan ranjimasin bo‘lsa do‘st agar, 
Balki ularning ham dilida kadar
Hoynahoy mendaylar degay muqarrar: 
Men kimga suyangum Allohdan boshqa. 
Umr ham oxirlab bormoqda sekin, 
Endi sarg‘aymoqda men ekkan ekin. 
Mayli, sen o‘zingga suyangil, lekin, 
Men kimga suyangum Allohdan boshqa. 
1992 
MULOQOT 
- Baxtsizman, toleim kulmaydi, 
Onajon, qoshingga ketayin. 
- Ketganlar hech qaytib kelmaydi
Bardosh qil deyman, oh, netayin. 
- Ne uchun dunyoda tug‘ildim, 
Bu qadar omadsiz, bechora. 
- O’zim ham bir umr bo‘g‘ildim, 
Bolajon, noiloj, nachora. 
- Ne uchun yovuzdir odamlar, 
Birovi toptaydi birini? 
- Meni ham yedi-ku shu g‘amlar, 
Bilmadim bu holning sirini. 
- Insonga ishondim - xor bo‘ldim, 
Sen deding - bir ishonch sabrdir. 
- O’zim ham ishonchga zor bo‘ldim, 
Oqibat topganim qabrdir. 
- Bosh urib borarga yo‘qdir joy, 
Onajon, qoshingga ketayin. 
- Bolajon, horibsan hoynahoy
Bardosh qil deyman, oh, netayin. 
- Chorlasang, madadkor bo‘lolsang, 
Visoling ruhimi shod etar. 
- Sen ham gar yo‘qlikka yo‘l olsang, 
Borliqda kim meni yod etar?! 
1992 


Saylanma. Abdulla Oripov 

Download 281.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling