Microsoft Word saylanma abdulla oripov ziyouz com doc
Download 281.28 Kb. Pdf ko'rish
|
Abdulla Oripov. Tanlangan asarlar. 2-jild. She\'rlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- XALQNI ASRASANG
www.ziyouz.com kutubxonasi
90 O’ZBEK QOMUSI Men bechora bir odamman, Ertangi kunim, Ne bo‘lishin bilmaydigan ojiz bandaman. Yeru osmon o‘rtasida topmagan qo‘nim, Botinimda botmon toshu zohir xandaman. Yolg‘izlikning rutubatli ko‘chalarida, Ne-ne oltin fasllarim o‘tdi junjikib. She’riyatning tund qorong‘u ko‘chalarida Yiroq-yiroq yulduzlarga boqdim entikib. Ig‘vo, hasad, fitna bilan to‘lgan bu hayot, Har onimda mingta etdi bir hasratimni. Xira tuman orasida butkul koinot, G‘ira-shira ilg‘ar edim mamlakatimni. Eslar edim Buxoriyni, Yassaviyni ham, Ha, ha, ayri tushmagandi xotirotimdan, Faqat ular chalinardi ko‘zimga mubham, Lekin sira ketmas edi xayolotimdan. Ham Temurbek, ham Ulug‘bek, Alisher, Bobur, Sizlar tuzgan ul saltanat - Saltanat bo‘ldi. Ulug‘ tarix Turkistonga cho‘ng guvoh erur, Davlat edik, davlat edik, u davlat bo‘ldi! Emukdoshim, ay, qardoshim, quloq tut menga, Ushbu ko‘hna kahkashonda mag‘rur tutgin bosh. Sen zaminga loyiqdirsan, zamin ham senga, Senikidir endi bu yer, seniki quyosh. Qo‘lingda erk, boshda yalov, tilingda surud, Vataning bor, bola-bog‘chang, or-nomusing bor. O’zbekiston deb atalgan muqaddas hudud, O’z Davlating, Mamlakating, o‘z Qomusing bor. 1992 XALQNI ASRASANG Hech kimsa devor bilan ajralganmas olamdan, Vujudingga tutashdir tegrangdagi shu xilqat. Yaxshilik qil hammaga, qaytajak o‘zingga ham, Sen o‘zingni asraysan xalqni asrasang faqat. 1992 ODAMIYLIK Saylanma. Abdulla Oripov www.ziyouz.com kutubxonasi 91 Bir kun to‘kin bo‘lar yupqa dasturxon, Zarbof bo‘lmasa ham kiygansan chopon, Lekin odamlikni unutar bo‘lsang, Ularning barchasi hayf senga, inson! 1992 ECHKI Hammaga ma’lumdir echkining fe’li, Qozonga tushguncha tinch tura olmas. Doim egri bo‘lgay tanlagan yo‘li, Hunar ko‘rsatmasa jim yura olmas. Goho nihollarni g‘ajiydi obdon, Cho‘pon tayog‘iga teginar goho. Suruvni jarlikka boshlar nogahon, O’zi chetlab o‘tar xatarni ammo. Bir kuni echkining g‘ayrati qo‘zib, Baland bir qoyaning uchiga chiqdi. Boqdi bulutlarga ko‘zini suzib, Yuksaklik zavqini surdi, miriqdi. Tog‘larga to‘shaldi qorayib oqshom, Endi qaytib tushmoq kerak-ku axir. Izg‘irin boshlandi, yo‘qoldi orom, Na giyoh, na suv bor, qoya tap-taqir. Qandoq chiqdi u yon, o‘zi ham bilmas, Qaytib tushmoqlikka topmadi chora. Eng yuksak qoyaning ustida xullas, Mung‘ayib bir o‘zi qoldi bechora. Endi madad so‘rab ma’ray boshladi, Osmonu falakni ko‘tarib boshga. Bizning tilda aytsak, ko‘zin yoshladi, Omad boshqa dedi, falokat boshqa. Tongda nazar soldi qoyaga cho‘pon, Echki haykal yanglig‘ qotgancha turar. Yurakni ezgudek ma’raydi nolon, O’ziga beto‘xtov himoya so‘rar. Cho‘pon ham chiqolmas bundoq qoyaga, U ham noilojdan boshin qashladi. Fursatni ketkazmay deya zoega, Qutqazish yo‘lini izlay boshladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling