Microsoft Word saylanma abdulla oripov ziyouz com doc
E’TIQOD (Shu kunning rivoyati)
Download 281.28 Kb. Pdf ko'rish
|
Abdulla Oripov. Tanlangan asarlar. 2-jild. She\'rlar
E’TIQOD
(Shu kunning rivoyati) Mahshar yaqin qoldi, Qiyomat yaqin, Ota bilan o‘g‘il bir-biriga yov. Samovot boshida chaqsa ham chaqin, Hech kimsa hayiqmas, qo‘rqmaydi birov. Og‘izda bol kabi turgan bu til ham Zaharga aylangan, nishga aylangan. Dilbarlar chashmini kuylagan qalam Ko‘zlarni o‘yishga endi shaylangan. O’g‘lim libosimni burdalab ketgan, Tavba, deb ushlashga qolmagan yoqa. Malomat pichog‘i suyakka yetgan, Qalqonlar teshilgan, otlar betaqa.. O’t bosgan qabrning tepasida chol G’arq bo‘lib turardi shundoq o‘ylarga. Dam-badam o‘tmishga eltardi xayol, Eltardi kurashlar, aza, to‘ylarga. Qabrdan bir ovoz chiqdi-ku, shu choq, Hazin va g‘azabnok, dardli, shiddatkor: Mahshar yaqin emas, qiyomat uzoq, Hamma balolarga o‘zingsan aybdor. Saylanma. Abdulla Oripov www.ziyouz.com kutubxonasi 56 O’g‘lingga topilgay qilichu qalqon, Taqalab bergaysan bir kun otini. Sizlar chi, bir kun to‘q, bir kun yupun Tashvishingiz yo‘qdir vujuddan bo‘lak Tindi iztirobli qabrning sasi, Nima bu? Ro‘yomi? Vasvasmi? Gumon? Chol endi, ichiga tushib nafasi Ketdi, uyigamas, raykomga tomon. 1988 MAYMUNIYAT Turib-turib maymun bir kun boshin qashladi Va maymuniy rejalarni tuza boshladi. Dedi: - Shukr, o‘lib ketmish Gulxaniy bobo Demak bizning davrimiz ham kelmish mutlaqo. Krilov ham marhum emish allaqachonlar, O’zimizga qolgan demak endi zamonlar. Ne qilsak ham qo‘limizda inon-ixtiyor, Bizning yo‘lni to‘solguvchi endi kim ham bor Shundoq deya maymun shirin o‘ylarga bordi, So‘ng tavakkal... shoirlikni boshlab yubordi Maymunona fikrlardan nazm tizdi u, O’rmon bo‘ylab kecha-kunduz izg‘ib kezdi u. Qarasaki ishlar tuzuk, ilhomlar ravon, Mushugini .pisht. demaydi, birorta hayvon Madaniyat sohasida kerak bo‘lar der, Uni bir kun qabul qildi hatto janob sher. Siylandi u, ibrat uchun unvon berildi, Maymun esa kerilgandan endi kerildi. Hayvon zotin mensimayin qo‘ydi u butkul, Biz maymunlar, deb boshlardi nutqini nuqul Lablarida kamtarona bir mamnuniyat, Derdi: - Olam gultojimiz biz maymuniyat, Oh, insonlar. Qilolmasman ularga toqat. Shu borada maymun chora izlardi faqat. Oxir o‘ylab maymun topdi shundoq naqlni: Insonlarning orasida Darvin, aqlli, Toping uni. Ulug‘ olim bizni alqagan, Gulxaniy ham, Krilov ham bizdan tarqagan. 1988 BOR GAP Qanchalik iroda, qancha kuch kerak, Maysani toptamay o‘tmoqlik uchun. Qanchalik iroda, qancha kuch kerak, Farzanding gunohin yutmoqlik uchun. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling