Saylanma.
Abdulla Oripov
www.ziyouz.com kutubxonasi
59
E’lon ossang agar shaharda shu kun,
Jununvash, devona kimsaga doir.
Tarqab
ketar edi qolganlar, butun,
Faqat qolar edi “U men”, - deb, shoir!..
1989
YOLG‘IZ ASKAR
Botir ko‘kragidan o‘q yedi bir kun,
Vo, orqam! - dediyu tortdi cho‘ng na’ra.
Yov taraf so‘radi: - Orqam,
deb nechun
Oh chekding, ko‘ksingdan ochdik-ku yara.
Botir shivirladi: Men - yolg‘iz askar,
Yo‘qsa, ustimga ot sololmasdingiz.
Orqamda do‘stlarim bo‘lganda agar
Ko‘ksimni nishonga ololmasdingiz.
1989
OXIRAT
Nimadandir g‘ashdir ko‘ngillar,
Tikanakka burkanmish gullar.
Boqqa
nogoh adashib kirsang,
G‘azab bilan sayrar bulbullar.
Qonga to‘lmish Mirrixning ko‘zi,
Ummonlarning sachraydi tuzi.
Allaqachon bol tommas tildan,
Shoirlarning zaqqumdir so‘zi.
Yo‘lga boqsang ko‘ringaydir jar,
Go‘daklarning tushida ajdar.
Tuni bo‘yi yigitlar bedor,
Yostiqlarin tagida xanjar.
Bilib bo‘lmas _
kimda bor imkon,
Olag‘ovur mahshardir zamon.
Ne qilarin bilmay hayratda
Dengiz kabi qalqir olomon.
Xabar bordir na do‘st,
na yordan,
Na do‘stu yor, balki, diyordan.
Yolg‘iz Hazrat mehrob qoshida
Madad tilar parvardigordan.
1990
Do'stlaringiz bilan baham: