Microsoft Word shamoli muhammadiy ziyouz com doc


BU BOBDA RASULULLOH SALLOLLOHU ALAYHI VASALLAMNING QILICHLARI, ZIRRA VA QALQONLARI HAQIDAGI HADISLAR BAYON QILINADI


Download 129.39 Kb.
bet10/44
Sana28.12.2022
Hajmi129.39 Kb.
#1070566
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   44
Bog'liq
Imom Termiziy. Shamoili Muhammadiy

BU BOBDA RASULULLOH SALLOLLOHU ALAYHI VASALLAMNING QILICHLARI, ZIRRA VA QALQONLARI HAQIDAGI HADISLAR BAYON QILINADI


Ulamolar deganlarki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning yetti dona qilichlari bor edi. Ba’zilar o‘n bir dona edi, deganlar. Har birining alohida nomi bo‘lib, hammadan mashhurrog‘i “Zulfiqor” edi, uni o‘zlaridan uzoq qilmas edilar va zirralari, ya’ni urushda kiyadigan temir xalqalardan to‘qilgan kiyimlari yetti dona bo‘lib, hammasining alohida- alohida nomi bor edi. Hammadan mashhurrori «Zotul-fuzul» (“Fazilat sohibi”) edi.


Qalqonlari, ya’ni urushda boshqa imoma (salla) ostidan kiyadigan do‘ppilari ham bor edi. Uning adadi yoki nomi haqida qo‘limizda mavjud kitoblarda hech narsa yozilmagan.

  1. Anas roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qilichlarining (Zul-fiqorning) dastasining duppisi kumushdan edi.




  1. Maziyda roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Makka fath etilgan kuni Makkaga kirganlarida, qilichlarining yuzida tilla va kumush ko‘rindi.

I z o h. Alloma Tur Pushtiy dedilarki: Bu hadisni qilichga tillo iste’mol qilishning durustligiga dalil qilib bo‘lmaydi, chunki bu hadisning sanadi qobil e’timod emasdir. Kumush iste’moli yuqoridagi hadis kabi xadislarda mubohdir. Tilla iste’moli esa nojoizdir.





  1. Samura roziyallohu anhu dedilar: Men o‘z qilichimni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning qilichlariga o‘xshatib qildirdim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning qilichlari xanafiy edi, ya’ni Banu Xanafi arablariga qildirgan edi, ular bu san’atda komil edilar.




  1. Zubayr roziyallohu anhu dedilar: Uhud g‘azotida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning badani muboraklarida ikki zirra bor edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir baland tosh tepasiga chiqib, o‘zlarini sahobalarga yo kofirlarga ko‘rsatishni xohladilar, lekin chiqa olmadilar. Keyin Talha roziyallohu anhuni pastga o‘tirg‘izib, o‘zlari tosh tepasiga chiqib, tikka turdilar va hamma u zotni ko‘rib kela boshladi. O’sha soatda men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning “Talha o‘ziga vojib kildi”, degan so‘zlarini eshitdim. (Ya’ni jannatni yo shafoatimni o‘ziga sobit qildi degan bo‘ladilar).

I z o h. Uxud urushi xijratning uchinchi yilida bo‘lib, nixoyatda xatarli urush edi. Ustunlik dushman tarafida edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning muborak yuzlari va muqaddas boshlariga jarohat yetib, muborak tishlari shahid bo‘lgan edi. Dushmanlar Muhammadni o‘ldirdik, deya ovoza qilishdi. Bu ovozadan sahobalar sarosimaga tushib, har tarafga tarqalib ketdilar. Shuning uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘zlarining borliklarini do‘stlarga ham, dushmanlarga ham ma’lum qilish maqsadida bir baland toshga chiqib ko‘rindilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni har ikki taraf ko‘rdi. Musulmonlar atroflariga jam bo‘ldilar.




O’sha kuni Talha roziyallohu anhu bahodirlik javharini ko‘rsatdilar. Rasululloh sallollaxu alayhi vasallam uchun vujudlarini qalqon kildilar. Dushman hamlasidan to‘sib qoldilar. Muborak jismlariga saksondan ziyod zahm paydo bo‘ldi. Lekin bir lahza ham Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni yolg‘iz qoldirmadilar. Oqibat muborak qo‘llari shol bo‘lib qoldi. Sahobai kirom hammalari bul zotga tan berardilar hamda “Uhud g‘azoti haqiqatda Talhaning kunidir” der edilar. Bu kun tamomila ul zot xisoblariga o‘tgandir. Roziyallohu anhum ajma’in. Vahshurno ma’ahum. Omin.



  1. Soib bin Yazid roziyallohu anhu dedirlar: Uhud g‘azoti bo‘lgan kunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning muborak badanlarida ikki zirra bor edi. Har ikkisini ustma- ust kiyib olgan edilar.

I z o h. Bu tariqa ziyoda qo‘sh-qo‘sh zirra kiyishdan Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning Xudoga tavakkullarining kamligi kelib chiqmaydi, balki, aksincha, Xudoga shu qadar yaqin bir zot shunchalik ehtiyotda bo‘lgan ekanlar, boshqalar kofirlardan bundan-da ziyoda extiyotda bo‘lsinlar, degan ummat uchun ta’limdir. Rabbil-olamiyn jalla jaloluhu O’zi marhamat qiladi: “Ya ayyuhallazina amanu xuzuu xizrokum fanfiruu



Download 129.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling