Microsoft Word shamoli muhammadiy ziyouz com doc
BU BOBDA MUHRI NUBUVVAT HAQIDA BAYON QILINADI
Download 129,39 Kb.
|
Imom Termiziy. Shamoili Muhammadiy
BU BOBDA MUHRI NUBUVVAT HAQIDA BAYON QILINADISoib ibn Yazid roziyallohu anhu dedilar: Xolam meni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam xizmatlariga olib bordilar va dedilar: Yo Rasulalloh, hamshiramning o‘g‘li bemor. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam mening boshimga qo‘llarini surkab qo‘ydilar va mening uchun barakat duosini o‘qidilar, keyin tahorat qildilar. Men tahoratdan qolgan suvlaridan ichdim va orqa taraflariga o‘tib turdim. Shu holatda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ikki yelkalarining o‘rtasida nubuvvat muhrini ko‘rdim. Qarasam, u narsa pashshaxonaning tugmasi kabi ekan (Ba’zilar bu ma’noni kaklik tuxumiga o‘xshagan bir narsa ekan, deganlar). Jobir ibn Samra roziyallohu anhu dedilar: Men muhri nubuvvatni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ikki yelkalarining o‘rtasida ko‘rdim, u kabutarning tuxumi kabi bir ziyoda go‘sht ekan. Rangi qizilga moyil ekan. Rumaysa roziyallohu anho dedilar: Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga shundoq yaqin turdimki, hatto agar xohlasam, ikki yelkalarining o‘rtasidagi muhri nubuvvatni o‘pa olar edim, Sa’d ibn Maoz roziyallohu anhu o‘lgan kunlari dedilarki, bu zotning vafoti uchun Alloh Taoloning arshi xarakatga keldi. Ilbo’ ibn Ahmar dedilarki, Amr ibn Ahtab Ansoriy roziyallohu anhu menga xikoya kildilar: “Menga Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir kuni dedilar: ey Abu Zayd, menga yaqin kel va orqamni silab qo‘y. Men orqalarini silab turib, barmoqlarim muhri nubuvvatga tegdi”. Shunda men savol qildim, ey Abu Zayd, muhri nubuvvat nima? Abu Zayd dedilar: “To‘plangan birmuncha mo‘ylar, ya’ni o‘sha o‘sib ko‘tarilgan go‘sht atrofida va ustida mo‘ylar bor edi”. Sahobaning qo‘llari o‘sha tuklarga tushgani sababdan shunday dedilar. Burayda roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Madinai munavvaraga tashrif qilganlarida, Salmon Forsiy roziyallohu anhu u kishiga bir dasturxon keltirdilar. Unda yangi pishgan xurmolar bor edi. Uni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning oldilariga qo‘ydilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: Ey Salmon, bu nima? Salmon dedilar: Bu o‘zlariga va sahobalariga sadaqadur. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: Buni bu yerdan ol, biz sadaqa yemasmiz Salmon uni oldilar. Ertasiga yana shuncha xurmo keltirdilar. Uni ham huzurlariga qo‘ydilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: Bu nima, ey Salmon? Salmon dedilar: Yo Rasulalloh, bu o‘zlari uchun hadyadur. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ashoblariga dedilar: Qo‘l uzatinglar. Keyin Salmon Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning orqalaridagi muhri nubuvvatga nazar soldilar va Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga iymon keltirdilar. Salmon roziyallohu anhu o‘zlari Bani Qurayza yahudlarining g‘ulomi edilar. U kishini Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sotib oldilar, ya’ni xo‘jalaridan ozod etilishlariga sabab bo‘ldilar va ozodliklariga ko‘p dirhamlar sarflandi, va Salmon hojalari uchun uch yuz xurmo daraxtini ko‘chat o‘tkazib berishlari ham shart qilingan edi. Ular meva qilguncha xabar olib tursinlar. Keyin Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘z qo‘llari bilan o‘sha xurmo daraxtlari ko‘chatlarini o‘tqazdilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning mo‘‘jizalaridan tamomi daraxtlar o‘sha yil meva berdi. Lekin bir daraxt gul ham ochmadi. Tekshirilgach, ma’lum bo‘ldiki, uni Umar roziyallohu anhu o‘tqizgan ekanlar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam u ko‘chatni olib tashlab, o‘zlari boshqa o‘tqizgan edilar, keyin meva berdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning mo‘‘jizalaridan tamomi daraxtlar bemavsum o‘tqizilsa ham hammasi xosilga kirdi. Salmon Forsiy roziyallohu anhu qadim ulamolardan edilar. Yoshlari ikki yuz ellikka borgan edi. Bir rivoyatda uch yuz ellik deyiladi. Bu zot qadim kitoblarda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning payg‘ambarlik alomatlarini o‘qigan edilar. O’sha alomatlardan biri sadaqa qabul qilmasliklari va yana biri muhri-nubuvvatlari edi. Bu ikki alomatni ko‘rib bilganlaridan keyin iymon keltirdilar. Bu zotning ozodliklari uchun berilgan naqd mablag‘ qirq uqya (1 uqya - 33.44 gr) tillo edi. O’zlarini Islomga musharraf bo‘lganliklarining voqeasini o‘zlari mufassal bayon qilganlar. Hadis kitoblarida zikr etilgan. Abu Nazra dedilar: Men Abu Sa’id Xudriy roziyallohu anhudan Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning muhri nubuvvatlari haqida savol qildim. Dedilarki, muhri nubuvvatlari orqalarida bir bo‘lak ko‘tarilgan go‘sht edi. Abdulloh ibn Sarjis roziyallohu anhu dedilar: Men bir kun Rasululloh sollallohu alayhi vasallam xizmatlariga keldim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sahobalardan bir jamoat o‘rtalarida o‘tirgan ekanlar. Men orqalaridan shundoq aylandimki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam mening nima uchun aylanganligimni bilib, muborak yopinchiqlarini orqalaridan tushirdilar. Men muhri nubuvvat o‘rnini ikki yelkalarining o‘rtasida ko‘rdim. U guyo bir mushtdek bo‘lib, atrofida badanga toshadigan no‘xatdek donalar kabi hollar bor ekan. Keyin men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning to‘g‘rilariga o‘tdim va dedim: Yo Rasulalloh, Alloh Taolo o‘zlarini mag‘firat kilsin. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: Senga ham mag‘firat nasib etsin. O’tirganlar dedilar: Rasululloh sening uchun duoi mag‘firat qildilarmi? Men dedim: Ha, mening uchun ham va sizlar uchun ham deb bu oyatni o‘qidim (Va mag‘firat talab qiling, o‘zingiz uchun va mo‘min erlar ham, mo‘mina ayollar uchun ham. – Muhammad surasi:19-oyat). Download 129,39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling