Microsoft Word shamoli muhammadiy ziyouz com doc


BU BOBDA RASULULLOH SOLLALLOHU ALAYHI VASALLAMNING SOCHLARI HAQIDA BAYON QILINADI


Download 129.39 Kb.
bet3/44
Sana28.12.2022
Hajmi129.39 Kb.
#1070566
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
Bog'liq
Imom Termiziy. Shamoili Muhammadiy

BU BOBDA RASULULLOH SOLLALLOHU ALAYHI VASALLAMNING SOCHLARI HAQIDA BAYON QILINADI





  1. Anas roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sochlari ikki quloqlarining yarmiga tushar edi.




  1. Oisha roziyallohu anho dedilarki: Men va Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir idishda g‘usl qilar edik. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sochlari quloq yumshog‘idan tushgan va yelkalariga yetmagan, ya’ni o‘rta bir holda edi.

I z o h: Bir idishda cho‘milishdan er va xotin bir-birining avratini ko‘rib turishi lozim kelmaydi, chunki Oisha roziyallohu anho o‘zlari deganlarki, na men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning avratlarini ko‘rdim va na u zot mening avratimni ko‘rdilar.



  1. Ummu Honi’ roziyallohu anho dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Makkai mukarramaga bir bor shu xay’atda keldilarki, sochlari to‘rtga bo‘linib o‘rilib ko‘yilganday ko‘rilar edi. Ba’zi rivoyatda deyilganki, xar bir muborak quloqlari ikki o‘rilgan soch o‘rtasida xuddi qorong‘u kechadagi yorug‘ yulduz kabi ko‘rinar edi.




  1. Ibn Abbos roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam avvalda sochlarini farq ochmay qo‘yib qo‘yardilar, chunki mushriklar farq ochardilar va kitobiylar farq ochmas edilar. Ilgari qaysi bir narsa haqida Allohdan amr kelmagan bo‘lsa, kitobiylarga o‘xshashlikni do‘st tutar edilar. Keyin ularga muxolifat etib, sochlariga farq ochadigan bo‘ldilar.

I z o h. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam avvalda, ya’ni Islom dini tamoman nozil bo‘lmay turib, kitobiy jamoatni o‘zlariga hamdard va ko‘makchi qilmoq uchun ularga xayrixoh bo‘ldilar. Ko‘rdilar-ki, ularga ham badbaxtlik g‘olib kelib, ulfat ololmadilar.


Mushriklar bilan ularning farqlari bo‘lmay qoldi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ham ularga muxolifat etdilar va sochlariga farq ocha boshladilar. Haqiqatda pokizalik farq ochishda edi. Bunda isrof bo‘lmas edi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam xijratdan keyin muborak sochlarini avval Hudaybiyya yilida, so‘ng Umratu-l-qazo yilida, keyin Hajjatu-l-vido’ yilidagina tamom oldirganlar. Qachon sochlarini yaqin fursat ichida oldirgan bo‘lsalar, quloqlarining yarmiga tushib turur edi. Buni arablar to quloq yumshog‘iga yetguncha vafra (mo‘l, ko‘p) deydilar. Agar bundan ziyoda tushsa, limma (kokil) deydilar, agar bundan ham ziyoda uzayib ketsa, yelkalariga tegib tursa, uni jumma (uzun taralgan soch) deydilar. Oxiri uzayish shu bo‘lur. Endi rivoyatlarda xar-xil sifatlar kelishi shu holatlarga qarab bo‘lgan, ya’ni xar kim qaysi holda ko‘rgan bo‘lsa, u shu holatni rivoyat qilgan va hammalari rost so‘zlagandirlar.





Download 129.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling