Microsoft Word shamoli muhammadiy ziyouz com doc
BU BOBDA RASULULLOH SOLLALLOHU ALAYHI VASALLAMNING SOQOL VA SOCHLARIGA TUSHGAN OQLAR HAQIDA BAYON QILINADI
Download 129,39 Kb.
|
Imom Termiziy. Shamoili Muhammadiy
BU BOBDA RASULULLOH SOLLALLOHU ALAYHI VASALLAMNING SOQOL VA SOCHLARIGA TUSHGAN OQLAR HAQIDA BAYON QILINADIQatoda dedilar: Men Anas roziyallohu anhuga dedim: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam soch va soqollarini bo‘yaganmilar?” Anas dedilar: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning soch va soqollari bo‘yaladigan bir miqdorga yetmagan edi, faqat ikki chekkalaridagina biroz oq paydo bo‘lgan edi, lekin Abu Bakr roziyallohu anhu xino va katm bilan soch va soqollarini bo‘yar edilar”. I z o h. Xino ma’lum bir daraxt bo‘lib, ranggi to‘q qizil bo‘ladi, katm bir qism giyoh bo‘lib, rangi qora bo‘ladi. Har ikkisini aralashtirib bo‘yalsa, qoraga moyil qizil bo‘ladi. Agar ikkisi bilan bo‘yalsa, durust. Tanho qora rang bilan bo‘yamoq esa hadislarda mamnu’dur. Anas roziyollohu anhu dedilar: Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning muborak boshlarida va muborak soqollarida o‘n turt donadan ko‘p oq sanamadim. Jobir roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning soch va soqollaridagi oqlar haqida savol qilinganda, dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam agar boshlarini yog‘lasalar oqi ko‘rinmas edi, agar yog‘lamasalar, ozroq oq ko‘rinar edi. Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhumo dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning soch va soqollaridagi oqlar avvali va oxiri yigirma adad edi. Ibn Abbos roziyallohu anhumo dedilar: Abu Bakr roziyallohu anhu so‘radilar: “Yo Rasulalloh, o‘zlari mijozlari mu’tadil va yoshlari kam bo‘lib turib ham tez soch, soqollari oqarib qoldi. Nima uchun bunday bo‘ldi?” Rasululloh sollallohu alayhi vasallam marhamat qildilar: “Mening soch va soqolimni «Hud» va «Voqi’a» va «Murasalot» va «Amma yatasa’alun» va «Izash-shamsu kuvvirot» kabi suralar oqartib qo‘ydi”, ya’ni ummatim ahvoliga ihtimomim va ular uchun bu suralardagi og‘ir hollardan qo‘rqqanligim meni bu holga yetkazdi. Abu Hujayfa roziyallohu anhu dedilar: Sahobalar xitob qildilar: “Yo Rasulalloh, o‘zlarida qarilik va zaiflik asarlarini ko‘ra boshladik. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam javob berdilar: “Meni «Hud» surasi kabi og‘ir mazmunlik suralar qaritib qo‘ydi”. Abu Timsata-t-Tayyimiy roziyallohu anhu dedilar: Men o‘z o‘g‘limni olib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga keldim. Odamlar u kishini menga ko‘rsatdilar. Men u kishini ko‘riboq “Bu zot – Alloh taoloning payg‘ambaridir” dedim. U zotning egnilarida yashil rangda ikki libos, ya’ni rido’ va izorlari bor edi, va Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning bir oz sochlariga oqlik g‘olib kelgan va o‘sha sochlari qizil rangda edi. Jobir roziyallohu anhudan bir kishi savol qildi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning muborak boshlariga oq soch paydo bo‘lganmidi? Jobir roziyallohu anhu javob berdilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning muborak boshlarida oq soch yo‘q edi. Magar farqlarining o‘zida bir necha adad sanoqlik oq sochlar bor edi. Qachon boshlariga yog‘ iste’mol qilsalar, ular ko‘rinmay qolardi. Abu Rimsa roziyallohu anhu dedilar: Men o‘z o‘g‘lim bilan birga Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga keldim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: Bu o‘g‘lingmi? Men dedim: Xa yo Rasulalloh, bu mening o‘g‘lim. O’zlari guvoh bo‘lib qo‘ysinlar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam marhamat qildilarki, “Bu sening zararingga jinoyat qilmas va sen ham uning zarariga jinoyat qilmassan”, ya’ni Islomdan avvalgi zamonlarda bolaning gunohiga ota mas’ul va otaning gunohiga bola mas’ul bo‘lar edi. Islom dinida bu so‘z yo‘qdir. Har kishi o‘z gunohiga o‘zi mas’ul bo‘ladi. Abu Rimsa roziyallohu anhu aytadilarki, men bu muloqotimda ko‘rdimki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ba’zi sochlari qizil edi. I z o h. Xanafiy ulamolar nazdida soch va soqolni buyamoq mustahab, lekin mashhur bayonlarda qora rang bilan buyamoq makruh va shofi’iylar nazdida esa bo‘yamoq sunnat va qora rang bilan bo‘yamoq haromdir. Abu Hurayra roziyallohu anhudan savol qilindiki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam soch va soqollarini bo‘yagandilarmi? Abu Hurayra roziyallohu anhu javob berdilarki: Ha, bo‘yagandilar. Bashir ibn Xasosayyaning xotinlari Jahzama roziyallohu anhumo dedilarki: Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni ko‘rdim, uylaridan chiqib turgan edilar. G’usl qilganlari uchun boshlarini artib turgan edilar va boshlarida xinoning asari bor edi. Anas roziyallohu anhu dedilar: Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning muborak sochlarini bo‘yalganini ko‘rdim, ya’ni xino iste’mol qilgan ekanlar. Download 129,39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling