Microsoft Word shamoli muhammadiy ziyouz com doc
RASULULLOH SOLLALLOHU ALAYHI VASALLAMNI TUShDA KO’RMOQLIK HAQIDAGI HADISLAR
Download 129.39 Kb.
|
Imom Termiziy. Shamoili Muhammadiy
- Bu sahifa navigatsiya:
- SAYYID MAXMUD TAROZIY. 1354 XIJRIY
RASULULLOH SOLLALLOHU ALAYHI VASALLAMNI TUShDA KO’RMOQLIK HAQIDAGI HADISLARTushda bir narsani ko‘rmoq uch turli bo‘ladi. Birinchi, yaxshi tush, ya’ni, muborak xob – bu Alloh Taolo tarafidan bir bashorat bo‘ladi. Ikkinchi, odam qo‘rqadigan tashvishli tush bu shayton tarafidan bo‘ladi. Musulmonga ozor bermoq uchun ko‘rsatiladi. Uchinchi – insonning o‘z xayollari va vasvasalari tushda ko‘riladi. Bir musulmon agar Janobi Rasululloh sollallohu vasallamni tushida ko‘rsa, haqiqatda Janobning o‘zlarini ko‘rgan bo‘ladi. Shaytonda Janobning suratlariga o‘tib turib ko‘rinish qudrati yo‘qdir. Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: Kimki tushida meni ko‘rsa, u odam haqiqatda meni ko‘rgan bo‘ladi, chunki shayton mening suratimga o‘tib ko‘rina olmas. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Janobi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: Har kim meni tushida ko‘rsa, u albatta, mening o‘zimni ko‘rgan bo‘ladi. Chunki shayton mening suratimda ko‘rinmaydi va menga o‘xshay olmaydi. I z o h. Alloh Taolo payg‘ambarimizning hayotlarida o‘zlarini qanday shaytonning ta’sirlaridan salomat saqlagan bo‘lsa, vafotlaridan keyin ham suratlarini uning kasridan maxfuz saqlagandir. Yazid Forsiy roziyallohu anhu mushaf yozar edilar. Bir kecha tushlarida Rasululloh sallolloxu alayhi vasallamni ko‘rdilar. Ibn Abbos roziyollohu anhumo u zamonda tirik edilar. Tushlarini u zotga bayon qildilar. Ibn Abbos dedilar: Rasuli akram sollallohu alayhi vasallam degandilarki, shayton o‘zini menga o‘xshatib ko‘rila olmas. Kimki meni tushida ko‘rsa, u haqiqatda meni ko‘ribdi. Keyin ibn Abbos Yazid Forsiyga dedilar: Sen o‘sha tushda ko‘rgan odamingning shakllarini bayon qila olasanmi? Yazid Forsiy dedi: Ha. Bayon qila olaman: u zot qomatda ham jismda ham mo‘‘tadil bir zot edilar. (Ya’ni, na uzun va na qisqa, na semiz va na oriq, o‘rta bir holda edilar). Muborak ranglari oqqa moyil, bug‘doyrang edi. Ko‘zlari surma qo‘yilgan, og‘izlari kulib turgan, yuzlarining mudavvirligi yarashgan, soqollari qalin, yuzlarini ixota etgan va siynalarini yopgan edi. Ibn Abbos roziyallohu anhumo dedilar: Agar sen u Janobni uyg‘oqligingda ko‘rgan bo‘lsang ham, bundan ziyoda ravshan, ta’rif qila olmas eding. (Ya’ni, tamomi o‘z shakllarini mukammal bayon etding). Albatta, Janobning o‘zlarini ko‘ribsan. Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: Har kim meni tushida ko‘rgan bo‘lsa, albatta, mening o‘zimni ko‘rgandir. Chunki, shayton mening suratimda ko‘rina olmas, va mo‘min bandaning tushi nubuvvatning qirq oltidan biri bo‘ladi”. Imom Termiziy raximaxulloh bu muborak kitoblarini salaf imomlaridan ikki buyuk zotning haqiqatda buyuk nasixatlar bo‘lmish asarlari bilan xatm qiladilar. Birinchisi shuki, bir narsaga xukm qilinadigan bo‘lsa, gumon va taxmin bilan qilinmasin, balki dinimizning madori bo‘lgan itbo’i sunnat bilan ish ko‘rilsin. Ikkinchisi, har bir kas va nokasdan ilm olinmasin, balki dindor insondan ilm olinsin. Dini yo‘q insonga ergashmoq xalokatning o‘zidir. U ikki asar bulardir: Abdulloh ibn al-Muborak raximahulloh dedilar: Ey, musulmon, agar qozi yoki hakam bo‘lib qolsang, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam va sahobai kirom roziyollohu anhum yullaridan ajralmagin. Imom ibn Sirin raximahulloh dedilar: “Din ilmlarini kimlardan olayotganingizga qaranglar” degan so‘zlar hadisdandir. I z o h. Hadis, tafsir, fiqh, tavhid, axloq va boshqa tamomi diniy ilmlar haqiqatda dindir. Bular vositalari bilan inson o‘z dinidan ilm, ta’lim oladi, dindorlik hukmlarini o‘rganadi. Shuning uchun din olmoqda, dindor taqvolik ustozini bilib, tanib, undan ilm kasb etish lozimdir. Ustoz va shogirdga asari buyuk bo‘ladi. Suxbat asari ko‘p zamon qolib ketadi. Bir bor o‘zgarib qolgandan keyin, tuzalmoq mushkul bo‘ladi. Bu asar mutarjimi Sayyid Maxmud Tiroziy tarjimasi quyidagi so‘zlar bilan xatm qiladilar: Haq SUBHONAHU VA TAOLO DARGOHIGA bexisob hamd va beadad shukrlarimni arz etamanki, bu qadar zaiflik va xastalik va bedastyorlik hollarimda va HARAM sharif darslari bilan masrufiyatim zamonlarida o‘z lutfi va karami bilan bu muborak kitob ShAMOILI TYeRMIZIYning Turkistoncha tarjimasini to‘rt oy zarfinda Madinai Toyyibada soxibi ShAMOIL ALAYHIS-SALOTU VAS-SALLAM jivorlarida itmomiga muvaffaq ayladi. Karamidan umidim shulki, biz aftoda muhojirlarga bu kitob bilan amal davlatini nasib aylasin, OMIN! SAYYID MAXMUD TAROZIY. 1354 XIJRIYUshbu kitobni online o'qish: http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=263.0 Kitobni forum uchun Abdusalom tayyorlagan. www.ziyouz.com 2007 www.ziyouz.com kutubxonasi Download 129.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling