Microsoft Word shamoli muhammadiy ziyouz com doc


BU BOBDA RASULULLOH SALLOLLOXU ALAYHI VASALLAMNING LIBOSLARI BAYON QILINADI


Download 129.39 Kb.
bet7/44
Sana28.12.2022
Hajmi129.39 Kb.
#1070566
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   44
Bog'liq
Imom Termiziy. Shamoili Muhammadiy

BU BOBDA RASULULLOH SALLOLLOXU ALAYHI VASALLAMNING LIBOSLARI BAYON QILINADI


Ulamolar deganlarki, insonlar kiyadigan liboslar ba’zisi vojib, va ba’zisi mustahab va ba’zisi makrux va ba’zisi harom bo‘ladi. Musulmon uchun munosibi, iste’moli savob bo‘lgan liboslarga ehtimom etmog‘idir, hamda iste’moli gunoh bo‘lgan liboslardan tiyilmog‘idir. Vojib bo‘lgan libosning miqdori, uning bilan satri (berkitish) lozim bo‘lgan badan yopilmog‘i, mustahab bo‘lgani esa uni kiymoqqa shariat targ‘ib etganidir.


Masalan, ikki xayit kunlarida yangi va yaxshi libos va juma kunida namoz uchun oq libos kiyish. Makruh bo‘lgan libos shariat uni kiymaslikka targ‘ib etganidir, masalan, boy odamga hamisha yirtiq va eski libos kiymoq makruh. Harom libos, uni kiyishni Islom dini qat’iyan man’ etganidir. Masalan, erkaklarga ipak libosini beuzr kiymoq haromdir.



  1. Ummu Salama roziyallohu anho dedilar: Liboslar ichida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ko‘ylak kiyar edilar, liboslar ichida mahbubrog‘i ham ko‘ylak edi (chunki boshqa liboslardan ko‘ra ko‘ylakda ziyoda mukammal satr xosil bo‘ladi).




  1. Asmo roziyallohu anho dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ko‘ylaklarini yengi bilaklarigacha edi, ya’ni kaftlarini yopmas edi.

Bir rivoyatda kelganki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ko‘ylak kiyar edilar. Ko‘ylaklarining etagi ikki to‘piqlaridan yuqori va ikki yengi barmoqlarining uchlari ila barobar bo‘lar edi. Mana bu ikki rivoyat sharhida ba’zi ulamolar deganlarki, biri safardagi hol, ikkinchisi hozirdagi hollaridir, yo biri shimarilgan vaqti, ikkinchisi esa qo‘yib berilgan vaqtidir, yo biri, ya’ni qisqaligi, sunnat bo‘lib, uzunligi esa joizdir.



  1. Qurra ibn Iyos roziyallohu anhu dedilar: Men Muzayna kabilasidan bo‘lgan bir jamoa bilan birga Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga bay’at berish uchun kirdim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ko‘ylaklarining tugmasi solinmagan yo tugmasi ochiq edi. Keyin men qo‘limni yoqalariga soldim va tabarruk maqsadida muhri nubuvvatlarini ushladim.




  1. Anas roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir kun Usoma roziyallohu anhuga suyangan hollarida hujrai saodatdan bir kism yamaniy naqshlik libosga tavashshuh tariqasida o‘ralib chiqdilar. Keyin sahobalarga imom bo‘lib namozlarini o‘qib berdilar. (Arablar bir chodrani o‘ng qo‘lning ostidan olib, chap yelkaga solib olishni tavashshuh deydilar.)

I z o h. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning bu tariqada bir odamga suyanib chiqishlari, ulamolarning bayon qilishlaricha, bemorlik vaqtlarida bo‘lgan ekan.





  1. Abu Sa’id Xudriy roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qachon bir yangi libos kiymoqchi bo‘lsalar, avval uning otini olar, keyin der edilar: Ey Alloh, O’zingga shukur, bu libosni ato qilganing uchun Senga hamd aytaman. Ey Alloh, men Sendan bu libosning o‘zidagi va unga ato etilgan yaxshilikni talab qilurman va Sen bu libosning o‘zidan va unga ato etilgan yomonlikdan panoh berishingni iltijo qilaman.




  1. Anas roziyallohu anhu dedilar: Liboslar ichida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga nihoyatda mahbubi naqshalik, ya’ni qizil yo‘llik yamaniy chodar edi.

I z o h: Ushbu hadis bilan shu bobning birinchi hadisida ixtilof yo‘qdir, chunki tikilgan liboslar ichida hammadan mahbubi ko‘ylak bo‘lsa, chodarlar ichida hammadan mahbubi qizil yo‘llik chodar edi.





  1. Abu Hujayfa roziyallohu anhu dedilar: Men Rasululloh sallollohu alayhi vasallamni muborak badanlarida qizil yo‘llik yamaniy chodarlari bor holda ko‘rdim, va hozir men guyo u kishining muborak ikki pochalarini yaltirab turganligini ko‘rib turgandayman (ya’ni chodarlari tamom pochalarini yashirmagan, to‘piqlaridan yuqorida edi).




  1. Abu Rimsa roziyallohu anhu dedilar: Men Rasululloh sallollohu alayhi vasallamni ko‘rdim. Egnilarida yashil rangli ikki liboslari bor edi. (Arablar yo‘llik libosni burd derlar, agar yo‘li bo‘lmasa, burd demaydilar).




  1. Qayla roziyallohu anho dedilar: Men Rasululloh sallollohu alayhi vasallamni ko‘rdim, jismlarida za’farga bo‘yalib, unda asari qolmagan eski ikki chodarlari bor edi.




  1. Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat: Rasululloh sallollohu alayhi vasallam dedilar: Libosning oqini ixtiyor etinglar, uni tiriklaringiz kiysinlar va unda o‘liklaringizni kafanlanglar, chunki oq libos liboslaringizning afzalidir.




  1. Samura roziyallohu anhudan rivoyat: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: Libosning oqini kiyinglar, chunki oqlari pokizaroq va yaxshiroq bo‘ladi. O’liklaringizga undan kafan qilinglar.




  1. Oisha roziyallohu anho dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir kun erta bilan uylaridan chiqdilar, badanlarida qora qildan to‘qilgan chodarlari bor edi.




  1. Mug‘iyra roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir jubba kiydilar, o‘zi rumiy bo‘lib, yenglari tor edi. (Jubba – keksa kishilar kiyadigan bo‘yi va yengi uzun to‘n)




Download 129.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling