Microsoft Word shamoli muhammadiy ziyouz com doc


BU BOBDA RASULULLOH SALLOLLOHU ALAYHI VASALLAMNING QANDAY YURISH, O’TIRISHLARI HAQIDAGI HADISLAR BAYON QILINADI


Download 129.39 Kb.
bet14/44
Sana28.12.2022
Hajmi129.39 Kb.
#1070566
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   44
Bog'liq
Imom Termiziy. Shamoili Muhammadiy

BU BOBDA RASULULLOH SALLOLLOHU ALAYHI VASALLAMNING QANDAY YURISH, O’TIRISHLARI HAQIDAGI HADISLAR BAYON QILINADI


Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning yurishlari o‘tgan boshqa boblarda qisman bayon qilingan edi. Bu bobda endi mustaqil bayon etiladi.





  1. Abu Hurayra roziyallohu anhu dedilar: Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kabi chiroyli bir insonni hargiz ko‘rmadim. Oftob guyo u zotning nurli chehralarida turib, dunyoga jilva qilib turgandek tuyular edi. Yurishda ham xech bir insonni u zotdan tez raftor va qadamlari barakalik ko‘rmadim. Shunday yurar edilarki, yerning tanobi u zot uchun tortilib turgandek tuyular edi. Bizlar o‘zimizni qiynab, barobar yursak deb, urinardik, ammo Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yurishga extimom qilmagandek, beparvo qadam qo‘yar edilar




  1. Qayla roziyallohu anhu dedilar: Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni masjidda ko‘rdim, ikki sonlarini tikka qilib, ikki qo‘llari bilan ularni quchoqlab o‘tirgan ekanlar. Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni nihoyatda ojizlik bilan xomush o‘tirishlarini ko‘rib, qo‘rqqanimdan badanimda larza paydo bo‘ldi.

I z o h. Bu sahobaning qo‘rqishlari shuning uchun ediki, Rasululloh sallallohu alayhi vasallamga balki ummatlarining ustiga keladigan bir azobdan xabar berildimikan, chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hamisha ummat xaqida fikr qilar edilar. Faqat ularning g‘amida bo‘lar edilar. Dunyo nima bo‘lsa bo‘lsin, zarracha parvolariga kelmas edi. Allohumma-rzuqna shafo’atahu. Bu hadis yuqorida ham o‘tgan edi.





  1. Abdulloh ibn Zayd roziyallohu anhu deydilar: Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni masjidda orqalarini yerga berib, bir oyoqlarini ikkinchi oyoqlari ustiga qo‘yib yotganlarini ko‘rdim.




  1. Abu Sa’yid Xudriy roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qachon masjidda o‘tirsalar, ikki sonlarini tikka qilib, ikki qo‘llari bilan ularni quchoqlab o‘tirar edilar. Bu tariqa o‘tirishlari bomdod namozni o‘qiganlaridan keyin bo‘ladigan

o‘tirishlaridan boshqadir, chunki bomdoddan keyingi oftob chiqquncha o‘tirishlari chordona bo‘lardi.



Download 129.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling